Abakan (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abakan
xakas: Ағбан
Tavsif
Uzunligi 514
Havzasi Shimoliy Muz okeanidagi Kar dengizi
Daryolar havzasi Yenisey
Suv sarfi 400 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi Gʻarbiy Sayan (Korbu tizmasi) va
Oltoy togʻlari shimoliy yonbagʻirlari
 · Boshlanish joyi Katta Abakan va Kichik Abakan
daryolarining qoʻshilishi
 · Balandligi ~800 m
Quyilishi [[Yenisey (Krasnoyar suv ombori)]]
 · Quyilish joyi Abakan sh.
Joylashuvi
Yenisey basseyni
Yenisey basseyni
Davlat Rossiya
Mintaqa Xakasiya
Abakan (daryo)

Abakan (xakas: Ағбан) — daryo, Yeniseyning chap irmogʻi, RF Krasnoyarsk oʻlkasida. Gʻarbiy Sayan va Oltoy togʻlarining shimoliy yon bagʻridan boshlanadigan Katta Abakan va Kichik Abakan soylarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Krasnoyarsk suv omboriga quyiladi. Uzunligi – 514 km. Havzasi – 32000 km2. Oʻrtacha suv sarfi – 381 m3/sek. Togʻlardan chiqqach, keng vodiyda koʻp tarmoqlarga boʻlinib oqadi. Asosan, qor va yomgʻirdan suv oladi. Noyabrning yarmida muzlab, aprel oxirida muzdan boʻshaydi. Quyi qismida sekta 400 m3 suv oqadi. Yogʻoch oqiziladi. Minusinsk soyligi ekinzorlarini sugʻoradi. Abakan boʻyida Abakan shahri bor.

Manbalar va adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil