Boksitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Boksitlar (frans. bauxite, Janubiy Fransiyada dastlab B. katlamlari topilgan LeBo joy nomidan) — alyuminiy rudalari. Asosan alyuminiy gidroksidi (28—80%), temir oksidi va boshqa komponentlar aralashmasidan iborat. B.ning asosiy kimyoviy komponenti glinozyom (A12O3), doimiy tarkibiy qismi temir oksidi (Fe2O3). Rangi toʻq kizil, jigarrang, kulrang. Boksitlar 1,8— 3,1; qattiqligi tarkibidagi temir oksidiga qarab 3—6. B. tuzilishiga kura qattiq, jipslashgan va baʼzan uvalanuvchan boʻladi. B. konlari asosan nordon, ishqorli va asosli jinslarning lateritlm nurashidan yoki dengiz va koʻllarda glinozyomning koʻp toʻplanishidan paydo boʻladi. B. mineralogik tarkibiga qarab 2 turga boʻlinadi: 1) diasporbyomitli B., 2) gidrargillitli (gibbsitli) B. Birinchisi koʻproq geosinklinal konlarida, ikkinchisi platforma konlarida uchraydi. B. — alyuminiy olinadigan xom ashyo, shuningdek undan boʻyoq, abraziv va oʻtga chidamli materiallar olinadi. B. foydalanishga yarokli boʻlishi uchun tarkibidagi glinozyomning kremniy oksidiga nisbati 2,6 baravar ortiq, glinozyom esa 28% dan kam boʻlmasligi kerak. B. konlari Ukraina (Krivoy Rog)da, Rossiya Federatsiyasi (Ural, Sibir), Qozogʻistonda bor. Bu konlarda mayda korund zarrachalari uchrab turadi. Oʻzbekistonda B. va uning oʻzgarishi natijasida paydo boʻlgan korund katlamlari Shim. Fargʻona, ChatqolQurama va Nurota togʻlarida, Qizilqumdagi Tomdi togʻida topilgan. Xorijda asosan Avstraliya, Yamayka, Surinam, Gayana mamlakatlarida koʻplab qazib chiqariladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil