Britaniya muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Britaniya muzeyi — jahondagi eng yirik muzeylardan, Londonda. Yevropada birinchi davlat muzeyi. 1753 yilda asos solingan, 1759 yildan ishga tushgan (binosi ingliz so‘nggi klassitsizmi uslubida qurilgan, 1823—47, me’mor R. Smyork; toshlar yig‘imi), Yevropa, Osiyo, Afrikaning O‘rta asrlar san’ati yodgorliklari (arab, Eron, Uzoq Sharq kulollik buyumlari, Benin bronzasi), shuningdek rasm, gravyura, kulollik buyumlari, tanga, medallar to‘plangan. Muzeyning etnografiya bo‘limidan Afrika, Amerika, Okeaniya va boshqa xalqlar madaniy yodgorliklari keng o‘rin olgan. Firdavsiyning Muhammad Jo‘qiy tomonidan ko‘chirilgan "Shohnoma"si (1440, 31 miniatyura bilan bezatilgan), "Boburnoma"ning qo‘lyozmasi (16-asr 2-yarmida ko‘chirilgan), Amudaryo xazinasi (1877, Amudaryo sohilidan topilgan) va boshqa shu muzeyda saqlanadi. Britaniya muzeyi kutubxonasida 7 mln.dan ortiq kitob, taxminan 105 ming qo‘lyozma, taxminan 100 ming hartiya (qo‘lyozma hujjat) va yorliq, 3 mingdan ortiq papirus bor. 1926 yildan muzey o‘z jur.ni nashr etadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil