Moem Uilyam Somerset
MOEM (Maughem) Uilyam Somerset (1874.25.1, Parij — 1965.16.12, SenJankap-Ferra, Fransiya) — ingliz yozuvchisi. Fransiyadagi Britaniya elchixonasida xizmat qilgan. Geydelberg untida, keyin Londondagi tibbiyot institutida tahsil koʻrgan. M.ning shu yillarda kechirgan hayoti materiallari asosida yozilgan „Lambetlik Liza“ (1897) romani mashhur. Shundan keyin M. vrachlik ixtisosidan voz kechib, yozuvchilik bilan shugʻullangan. U asosan Fransiyaning jan. Tomonlarida yashab, 60 yillik adabiy faoliyati davomida koʻplab roman, hikoya, pyesa, adabiytanqidiy etyud va memuar asarlar yozgan.
M. Birinchi jahon urushi yillarida Britaniya razvedkasining xodimi sifatida bir qancha mamlakatlar, shu jumladan, Rossiyada ham boʻlgan va „Eshenden yoki Britaniya agenti“ (1928) hiko-yalar toʻplamida shu haqda nakl qiladi. M. 1-pyesasi — „Ledi Frederik“ (1907) ning katta muvaffaqiyat qozonganidan ragʻbatlanib, „Nomaʼlumlik“ (1920), „Sadoqatli xizmati uchun“ (1932) va „Sheppi“ (1933) pyesalarini yozgan. M. pyesalarida 20-asrning 1-yarmidagi ingliz jamiyati hayoti manzaralari aks etgan. „Oy va choychaqa“ (1919), „Shirin kulcha va pivo“ (1930), „Teatr“ (1937) va boshqa asarlar muallifi. M.ning „Insoniy ehtiroslar zalvori“ (1915) avtobiografiy romani, ayniqsa, mashhur boʻlib, unda roman qahramoni — yosh yigit va u bilan toʻqnashgan kishilar talqinidagi nozik psixologizm hayot manzaralarining keng tasviri bilan tutashgan holda asarga oʻzgacha badiiy latofat bagʻishlagan. „Notanish odam Parijda“ romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan (2002).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |