Risolat martabasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

«Rasul»ning vahiy qomusidagi ma’nosi vahiyni qabul qilib olib, Alloh taolo tarafidan odamlarga bevosita xabar berishdan tashqari Allohning risolatini [elchiligini] oʻz zimmasiga olgan va ushbu ilohiy elchilik vazifasini odamlarga yetkazishga ma’mur boʻlgan paygʻambarlar demakdir. Qur’oni Karimda bu haqda bunday deyiladi:

﴿وَأَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَاحْذَرُوا فَإِنْ تَوَلَّيْتُمْ فَاعْلَمُوا أَنَّمَا عَلَى رَسُولِنَا الْبَلاغُ الْمُبِينُ﴾

«Allohga itoat qilingiz va Rasuliga itoat qilingiz hamda [man etilgan narsalardan] saqlaningiz! Agar bosh tortsangiz, bilib qoʻyingizki, Rasulimiz zimmasida faqatgina oshkora yetkazib qoʻyish bordir, xolos» (Moida surasi, 92-oyat)[1].

Binobarin, «risolat» maqomi «nabiy»ga ato etiladigan boshqa bir ulugʻ martabadir. Boshqa soʻz bilan aytganda, «nubuvvat» va «risolat» martabalari Alloh taolo tomonidan vahiy qabul qilib olgan paygʻambarlarning ikki xususiyati sanaladi. Demak, Alloh tarafidan vahiyni qabul qilib olgan va ilohiy xabar egasi boʻlgan paygʻambarlar «nabiy» hisoblanadilar[2]. Ammo ushbu vazifa bilan birgalikda Alloh risolatini [elchiligini] oʻz zimmasiga olib, uni odamlarga yetkazish mas’uliyatiga ega boʻlgan paygʻambarlar esa «rasul» deb nomlanadilar.

Aytgan soʻzlarimizdan kelib chiqib quyidagi xulosaga kelamiz: «nubuvvat» va «risolat» martabasiga ega boʻlgan paygʻambarlar odamlarga harom va halolni tushuntirib, saodat va baxt yoʻlini ularga koʻrsatgan hidoyatchilar boʻlib, Alloh taolo tarafidan xabar berish yoki ularning zimmasiga yuklatilgan elchilik vazifasini bajarish mas’uliyatidan boshqa narsaga ega emaslar.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. «Qurʼoni Karim: maʼnolarining tarjima va tafsiri», Shayx Abdulaziz Mansur, 2021, ISBN:978-9943-6946-4-4
  2. «Rasoilul ashar», Shayx Tusiy, 111-bet

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]