Buxoro davlat universiteti
Bu maqola ayni damda Umid1108 (munozara) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 08:27, 6-Aprel 2024 (UTC) (52 soniya avval) da tahrir qilingan. |
Buxoro davlat universiteti (BuxDU) | |
---|---|
Asl nomi | Buxoro davlat universiteti |
Xalqaro nomi | Bukhara State University (BukhSU) |
Shiori | Yuksak taraqqiyot-kuchli bilim, ilm-fan va tafakkurda! |
Asos solingan | 1930-yil |
Oʻquv yurti turi | universitet |
Rektori | Obidjon Xamidov |
Talabalari | 21776 ta |
Fakultetlar | 10 |
Bakalavriat | 21175 |
Magistratura | 601 |
Manzili | Buxoro, M.Iqbol koʻchasi 11-uy Oʻzbekiston |
Vebsayti | http://buxdu.uz |
Koordinatalari: 39°45′35.999999999993″N 64°25′19.199999999989″E / 39.75999999999999801°N 64.42199999999999704°E G O
Buxoro universiteti (Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Buxoro davlat pedagika instituti, BuxDU) – Oʻzbekistonning Buxoro viloyati, Buxoro shahrida joylashgan oliy taʼlim dargohi. Universitet dastlab 1930-yilda
Buxoro Oliy pedagogika instituti sifatida tashkil qilingan. 1992-yil 15-martda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti farmoniga asosan Buxoro pedagogika institutiga universitet maqomi berilgan[1]. Oliygoh oʻz ichiga 10 ta fakultetni qamrab oladi. Bular: Fizika-matematika, Iqtisodiyot va turizm, Axborot texnologiyalari, Tarix va yuridik, Filologiya, Xorijiy tillar, Tabiiy fanlar, Agranomiya va biotexnologiya, Sanʼatshunoslik hamda Sport faoliyati va pedagogika fakultetidir. Universitetga kirish uchun qabul jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan kvotalar asosida tashkil etiladi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buxoro davlat universitetida bir ijtimoiy oʻquv markazi, 50 ta ixtisoslashtirilgan kafedra, mintaqaviy til markazi, ixtisoslashtirilgan akademik litsey, gimnaziya, tayyorlov kurslari, kutubxona (nodir qoʻlyozmalar va toshbosma asarlar boʻlimi bilan), botanika bogʻi, planetariy, hisoblash markazi, test markazi, universitet tarixi, oʻlka zoologiyasi, arxeologiya muzeylari, oʻquv-sport, sport harbiy tayyorlov, sport sogʻlomlashtirish majmualari, maʼrifiy-madaniy ishlar klubi bor (2001). Unda 23 ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlaniladi. Unda aspirantura, magistratura, doktorantura mavjud. 2000/2001-oʻquv yili unda 5 mingdan ortiq talaba taʼlim oldi, 341 oʻqituvchi, jumladan 1 Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akad., 28 ta fan doktori va professor, 272 ta fan nomzodi va dotsent ishladi. Unda turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Irlandiya, Fransiya, MAP, Polsha, Germaniya, AQSH ilmiy muassasalari bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Tashkil topganidan buyon universitet 25 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlab chiqargan (2001).
Buxoro davlat universiteti rektorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rektor | Davri |
---|---|
Vahabov Karimjon | 1930–1931 |
Usmonov Gʻanijon | 1931–1934 |
Valiyev X. X | 1934–1935 |
Rajabov D | 1935–1936 |
Tereshxanov G.X | 1937–1938 |
Rustamov Aʼzam | 1938–1940 |
Sbizova Anna Ivanovna | 1940 |
Davlat-Yusupov Mustafo Xasanovich | 1940–1943 |
Hamidov (Homidiy) Sharif Xamidovich | 1944–1948 |
Joʻrayev Turob Joʻrayevich | 1948–1950 |
Maqsudov Sh. T | 1951–1955 |
Yakubov R | 1955–1957 |
Raxmatov Muxtor Neʼmatovich | 1957–1960 |
Namozov Juma Namozovich | 1960–1977 |
Jabborov Narimon Ibragimovich | 1977–1979 |
Moʻminov Vafo Arabovich | 1979–1986 |
Qosimov Farhod Xabibovich | 1986–1992 |
Muqimov Komil Muqimovich | 1992–2005 |
Yoriyev Oltin Muzaffarovich | 2005–2009 |
Tadjixodjayev Zokirxoʻja | 2010–2014 |
Tulaganov Abdukabil Abdunabievich | 2014–2019 |
Xamidov Obidjon Xafizovich | 2019-yildan |
Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Fizika-matematika fakulteti
- Axborot texnologiyalar fakulteti
- Tarix va yuridik fakulteti
- Filologiya fakulteti
- Sport faoliyati va pedagogika fakulteti
- Tabiiy fanlar fakulteti
- Iqtisodiyot va turizm fakulteti
- Xorijiy tillar fakulteti
- Sanʼatshunoslik fakulteti
- Agronomiya va biotexnologiya fakulteti
Kafedralar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar
- Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari
- Organik va fizkolloid kimyo
- Umumiy va noorganik kimyo
- Ekologiya va geografiya
- Oʻzbek tili va adabiyoti
- Oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika
- Rus tilshunosligi
- Rus adabiyotshunosligi
- Fizika
- Geliofizika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika
- Matematik analiz
- Differensial tenglamalar
- Arxeologiya va Buxoro tarixi
- Yuristprudensiya va ijtimoiy siyosiy fanlar
- Jahon tarixi
- Islom tarixi va manbashunoslik, falsafa
- Psixologiya va sotsiologiya
- Ingliz tilshunosligi
- Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik
- Nemis filologiyasi
- Fransuz filologiyasi
- Tarjimashunoslik va lingvodidaktika
- Fakultetlararo chet tillar
- Tabiiy yoʻnalishlarda chet tili
- Iqtisodiyot
- Yashil iqtisodiyot va agrobiznes
- Buxgalteriya hisobi va statistika
- Marketing va menejment
- Turizm va mehmonxona xoʻjaligi
- Servis sohasi iqtisodiyoti
- Maktabgacha taʼlim
- Boshlangʻich taʼlim
- Pedagogika
- Sport nazariyasi va metodikasi
- Sport faoliyati
- Agronomiya va tuproqshunoslik
- Biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi
- Botanika va oʻsimliklar fiziologiyasi
- Zoologiya va umumiy biologiya
- Tasviriy va amaliy sanʼat
- Musiqa ijrochiligi va madaniyat
Universitet professorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mashhur bitiruvchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Jamol Kamol
- Toʻra Mirzayev
- Ibrohim Haqqulov
- Norov Vladimir Imamovich
- Toʻxtamurod Murtazoyevich Jumayev
- Ahmadjon Shukurov
- Ahmad Fayziyev
- Rahmonqul Qurbonov
- Toirov Hakim
- Tohirov Xoliyor Jumaevich
- Sharipov Latif Karimovich
- Shamsiev Fazliddin
- Nazarov Zoyir
- Karimov Abduhakim Karimovich
- Junusbekov Yelmurot
- Aminov Neʼmat
- Abdullayev Maxdi Orifovich
- Rishod Rashidovich Sobirov
- Abbos Abdurazzoqovich Atoyev
- Shermatov Aʼzam
- Qodir baxshi
- Naila Adelshina Kamolova
- Nuʼmon Meylikov
- Gulsum Temirovna Joʻrayeva
- Mustaqim Mirzayevich Mirzayev
- Asra Boliyev
- Hikoyat Rahmonqulova
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Ziyodullayeva Aziza Akmal qizi
- Saidova Mohinur Murodovna
- Baxtiyorov Behruz Bobirovich
- Boboyeva Zarifa Jahonqulovna
- Toʻxtamishova Gulnora Mels qizi
Foto galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Buxoro davlat universiteti qachon tashkil topgan?“. buxdu.uz. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Buxoro davlat universiteti qachon tashkil topgan?“. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- „Buxoro davlat universiteti rektorlari“. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
- „Unutilgan tarix(Yohud oliygoh tashkilotchisi Karimjon Vahobov haqida)“. Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.