Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Toshkent
Konfederatsiya Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Tashkil etilgan 20-iyun, 2008-yil (16 yil avval) (2008-06-20)
Yuqori liga Oʻzbekiston Superligasi
Oʻzbekiston Pro-ligasi
Oʻzbekiston Birinchi Ligasi
Xalqaro musobaqalar Osiyo Chempionlar ligasi
OFK kubogi
Veb-sayt pfl.uz
Bosh direktor Diyor Imomxoʻjayev
Kuboklar Oʻzbekiston kubogi
Liga kubogi
Homiylar Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan
Artel
Uzcard
Apex Insurance
BMB Holding
Map

Oʻzbekiston professional futbol ligasi, qisqacha OʻzPFL (Ўзбекистон профессионал футбол лигаси, ЎзПФЛ) – Oʻzbekiston hududida futbol jamoalari oʻrtasida tegishli ravishda professional futbol musobaqalari oʻtkazishni muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot[⇨]. 2008-yilda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tavsiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasidan alohida tashkilot sifatida ajratildi[⇨].

Superliga[⇨], Oʻzbekiston Pro ligasi[⇨], Birinchi liga[⇨], Futzal Oliy ligasi[⇨] va Birinchi ligasi[⇨], Oʻzbekiston Kubogi[⇨], Liga Kubogi[⇨], Oʻzbekiston Superkubogi[⇨], Oʻzbekiston U19[⇨] va Oʻzbekiston U21[⇨] chempionatlari, boshqa shu kabi professional futbol musobaqalarini oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtiradi. Futbol klublari oʻrtasida musobaqalar tashkil etish va oʻtkazish, ularning sport va tashkiliy-boshqaruv faoliyati hamda oʻzaro munosabatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berib borish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.

Oʻzbekistondagi vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda turli darajadagi futbol musobaqalarini oʻtkazish ishiga koʻmaklashadi[⇨].

Litsenziyalash boʻyicha Osiyo qitʼasida yetakchi ligalardan biri sanaladi[⇨].

2024-yil mart oyi holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi beshta shirkat liganing rasmiy homiysi hisoblanadi[⇨].

1992-yilda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tashkiliy tuzilmasining bir qismi boʻlgan va Oʻzbekistonda professional futbol musobaqalarini oʻtkazishga mas’ul boʻlinma edi. 2008-yil boshlarida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasiga Professional futbol ligasini alohida tashkilot sifatida ajratishni tavsiya qildi. 2008-yil 20-iyunda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va futbol klublarining Umumiy yigʻilishida tashkil etildi hamda 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi[1]. 2023-yilning 10-yanvar kuni Jahon Professional futbol ligalari assotsiatsiyasi aʼzosiga aylandi[2][3].

Maqsadi va vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Professional futbol ligasining asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi hududida futbol jamoalari oʻrtasida futbol boʻyicha tegishli ravishda Superliga, Pro liga, Birinchi liga, futzal Oliy ligasi va Birinchi ligasi, Oʻzbekiston Kubogi, Liga Kubogi, Oʻzbekiston Superkubogi, Oʻzbekiston barcha yosh toifalaridagi va boshqa shu kabi professional futbol musobaqalari oʻtkazishni muvofiqlashtirish, futbol klublari oʻrtasida musobaqalar tashkil etish va oʻtkazish, ularning sport, tashkiliy-boshqaruv faoliyati hamda oʻzaro munosabatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berib borishdan iborat[4].

Tashkilotning ilk rahbari sifatida 2008—2017-yillar mobaynida Farhod Magometov faoliyat olib borgan. 2017-yilning sentyabridan 2019-yilgacha Omon Gʻofurov tashkilotga rahbarlik qilgan. Keyinchalik, 2019-2020 yillarda tashkilotga Davron Shoqurbonov rahbarlik qilgan. 2020-yildan 2022-yilgacha Bosh direktor vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Diyor Imomxoʻjayev 2022-yilda tashkilot Bosh direktori etib tayinlandi.

Ismi Tayinlangan Boʻshatilgan
Farhod Magometov[5][6] 04.09.2008 04.09.2017
Omon G‘ofurov[7] 04.09.2017 17.06.2019
Davron Shoqurbonov[8] 17.06.2019 26.05.2020
Diyor Imomxoʻjayev[9] 26.05.2020 hozirgacha

Ijroiya qoʻmitasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diyor Imomxoʻjayev, Bosh direktor[10].

Odil Ahmedov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti[10].

To‘labek Akramov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Lokomotiv-Toshkent futbol klubi vitse-prezidenti[10].

Bahodir Mirzayev, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, AGMK futbol klubi bosh direktori[10].

Alisher Yusupov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Nasaf futbol klubi menejeri[10].

Oybekxon Ibrohimxonov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi yurist-konsultanti[10].

OʻzPFL tasarrufidagi musobaqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Superligasi

Coca Cola Superligasi – Professional futbol klublari ishtirok etadigan, O‘zbekiston futbol musobaqalari tizimidagi eng yuqori divizion. 1992-yilda Oliy Liga nomi bilan tashkil etilgan. Jami 14ta jamoa qatnashadi. Chempionat mart-noyabr oylarida oʻtkaziladi va har bir jamoa 26ta uchrashuv oʻtkazadi. 2018-yilgacha musobaqa rasman Oliy liga deb nomlangan. 2019-yildan titul homiy ishtirokida dastlab Pepsi Superligasi, keyinchalik, 2020-yildan Coca Cola Superligasi deb nomlanadi. Oʻzbekiston chempionatlari tarixida jami 41ta klub ishtirok etgan va ulardan faqatgina 7ta klub chempionlik shohsupasiga erishgan: „Paxtakor“ – 14 marta, „Neftchi“ – 5 marta, „Bunyodkor“ – 5 marta, „Lokomotiv“ – 3 marta, „Doʻstlik“ – 2 marta, MHSK – 1 marta, „Navbahor“ – 1 marta. Turli yillarda Oʻzbekiston chempionatida jamoalar soni turlicha boʻlgan. Dastlabki yillarda chempionat bahslarida 16ta jamoa ishtirok etgan boʻlsa, keyinchalik turli yillarda jamoalar soni 14, 18 va 20ta boʻlgan. 2018-yilda bir marta chempionat jamoalari soni 12tani tashkil qilgan.

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkillashtiriladigan futbol boʻyicha milliy kubok musobaqasidir. Oʻzbekiston Kubogi bahslari 1992-yildan beri tashkil etib kelinadi. Musobaqaning ilk gʻolibi Namanganning „Navbahor“ klubi hisoblanadi. Oʻzbeksiton Kubogi gʻoliblari OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.

Oʻzbekiston Liga kubogi – erkaklar oʻrtasidagi futboli boʻyicha har yili oʻtkaziladigan futbol musobaqasi. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2010-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan musobaqa 2016-2018-yillarda oʻtkazilmagan. Oʻzbekiston Liga kubogi – 2019-yilda ilk marta tashkil etilgan. Unda asosan Oʻzbekiston klublari, shuningdek OʻzPFL taklifiga koʻra Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻiston futbol klublari ham qatnashadi. Musobaqaning ilk gʻolibi – Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi[11].

Oʻzbekiston Super kubogi

Ushbu turnir 1 ta oʻyindan iborat boʻlib, unda: oʻtgan mavsumdagi Oʻzbekiston Kubogi sohibi va Oliy Liga Chempioni toʻqnashadi. Agarda Kubok va Chempionatni bitta jamoa yutgan boʻlsa, unda Chempionatda 2-oʻrinni egallagan klub, Chempionga qarshi oʻynaydi[12].

2017-yil 21-noyabr kuni PFL rahbariyati qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Birinchi ligasi 2018-yilgi mavsumdan boshlab rasman Oʻzbekiston Pro ligasi deb oʻzgartirildi. Liga 18 tadan 16 ta jamoaga qisqartirildi[13].

2010-yildan boshlab faoliyat olib boradi. 2010-yilgi mavsumdan eʼtiboran birinchi liga musobaqalari ikki mintaqaga boʻlingan holda olib boriladi: sharq mintaqasi va gʻarb mintaqasi. Sharq mintaqasi jamoalari Andijon, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyati futbol klublaridan tashkil topgan. Gʻarb mintaqasi jamoalari Sirdaryo, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi futbol klublaridan tashkil topgan. Har bir mintaqada qatnashadigan jamoalar soni: 12 ta.

Oʻzbekiston Birinchi ligasi ilgari futbol tizimida ikkinchi toifali musobaqa vazifasini bajarib kelgan. 2018-yilda Pro ligaga asos solinganidan keyin, 2020-yildan eʼtiboran Birinchi liga qayta tashkil qilindi va endilikda mamlakatda uchinchi darajali musobaqa sanaladi.

Oʻzbekiston futboli tizimida Superliga jamoalarining yoshlar tarkiblari oʻynaydigan musobaqa. Unda OʻzPFL reglamentiga muvofiq 21 yosh va undan kichik futbolchilar ishtirok etadi. U21 chempionati uchrashuvlari asosiy tarkiblar uchrashuvidan bir kun keyin tashkil etiladi[14].

19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati (U20), 19 yoshgacha boʻlgan (U19) Osiyo chempionati va boshqa turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Superliga va Pro liga klublarining 19 yoshgacha boʻlgan tarkiblari oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa. U19 chempionatiga 2021-yilda asos solingan. Unda ikki yuqori divizionning barcha klublari oʻz tarbiyalanuvchilari bilan gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Superliga va Pro liga klublarining 19 yoshgacha boʻlgan tarkiblari oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa. U19 chempionatiga 2021-yilda asos solingan. Unda ikki yuqori divizionning barcha klublari oʻz tarbiyalanuvchilari bilan gʻoliblik uchun kurash olib boradi[15].

Futzal boʻyicha Oʻzbekiston chempionati asosiy divizioni. Unda futzal boʻyicha mamlakatning eng kuchli jamoalari ishtirok etadi. Musobaqa OʻzPFL tomonidan alohida Reglament asosida oʻtkazildi va gʻolib jamoa yakunda Futzal boʻyicha Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi[16].

Futzal boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi – Futzal Oliy liga va Futzal Birinchi ligasi jamoalari qatnashadigan har yilgi musobaqa[17].

Futzal Birinchi ligasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha Birinchi liga bahslarida professional hamda yarim-professional futzal jamoalari ishtirok etadi. Klublar Futzal Birinchi ligasida Oliy liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun bahs olib borishadi.

Futzal U18 chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha U18 chempionatiga 2022-yilda asos solingan. Musobaqa Futzal boʻyicha Oliy liga klublari qoshidagi 18 yoshgacha boʻlgan futzalchilardan iborat jamoalar ishtirokida tashkil etiladi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Litsenziyalash jarayoni shartlaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Futzal oliy ligasi 2007-yildan beri oʻtkazib kelinadi. Ayni paytda Oʻzbekistonda 18 yoshgacha boʻlgan 15ta futzal jamoasi bor[18].

Hamkorlikdagi musobaqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
DXX kubogi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, sport vazirligi, yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda DXX kubogi musobaqalarini oʻtkazadi[19].

Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, ichki ishlar vazirligi, futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda talabalar kubogi musobaqalarini oʻtkazadi[20].

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi 2018—2019-yillarda Pepsi shirkati bilan hamkorlik qilgan. 2019-yildan boshlab esa Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan kompaniyasi Oʻzbekiston Superligasiga titul homiy vazifasini bajarib kelmoqda. Ommaviy axborot vositalarida va rasmiy tadbirlarda futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni Coca-Cola Superliga deb yuritiladi[21]. 2020-yilda „Apex Insurance“ sugʻurta shirkati bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Shirkat ligada roʻyxatdan oʻtgan 1500 nafardan oshiq professional futbolchilar salomatligi sug‘urtalanishini taʼminlab beradi[22]. 2023-yil 16-mart kuni „BMB Holding“ shirkati Superliganing rasmiy homiysi boʻldi[23][24]. Shuningdek, 2023-yil davomida Olcha.uz axborot portali va Centrum Air xususiy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasining hamkorlari boʻlishgan. 2024-yil 28-fevral kuni Oʻzbekiston maishiy texnika bozoridagi eng yirik brend hisoblangan „Artel“ shirkati 2026-yil oxirigacha Superliganing titul homiysiga aylandi[25][26]. Shu yil 12-mart kuni Uzcard shirkati Oʻzbekiston Professional futbol ligasining rasmiy hamkori boʻldi[27][28].

2022-yilgi OʻzPFL taqdirlash marosimi

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Osiyo qitʼasida Litsenziyalash boʻyicha yetakchilardan biri sanaladi. 2021-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning 12 ta klubi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi litsenziyasini qoʻlga kiritdi va bu qitʼada 3-eng yaxshi natija sifatida qayd etildi. 2021-yilda ayollar jamoalari oʻrtasida ham Oʻzbekistonning 2 ta klubi Osiyoda birinchilaridan boʻlib litsenziyalashdan muvaffaqiyatli oʻtdi[29].

OʻzPFL Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan 2021-yil yakunlariga koʻra „Eng shaffof nodavlat-notijorat tashkilotlari TOP-20“ roʻyxatidan oʻrin olgan[29].

Har oyda Oʻzbekistondagi eng yaxshi futbol klubi, eng yaxshi ayol/erkak futbolchi, eng yaxshi hakam va boshqa nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni aniqlaydi va yil oxirida ularni taqdirlash ishlarini tashkil qiladi[30].

  1. „Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida“. LexUz (2010-yil 23-sentyabr).
  2. „OʻzPFL Jahon Professional futbol ligalari assotsiatsiyasi aʼzosiga aylandi“. 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  3. World Association of Professional Football Leagues
  4. „PFL Superliga taqvimini o‘zgartirdi va o‘zgarishlarga izoh berdi“. kun.uz.
  5. Diyor Imomxoʻjayev. „Omad sizga, Farhod Magomedov“. championat.asia.
  6. „Farhod Magomedov PFL direktorligidan bo‘shatildi“. kun.uz (2017-yil 10-oktyabr).
  7. „PFL bosh direktori Omon G‘ofurov iste'foga chiqdi“. kun.uz.
  8. „Rasman: Davron Shakurbanov O'zPFL bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi“. championat.asia.
  9. „Bukmekerlik idoralari, kelishilgan o‘yinlar va futboldagi korrupsiya. PFL rahbariyati bilan suhbat“. kun.uz.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 „O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-aprel.
  11. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  12. „Ўзбекистон Суперкубоги - 2024. Сейткамолов, Кошелев, Пишур, Машарипов. Олдинги 8 та ўйинда кимлар майдонга тушган?“ (2024-yil 25-may).
  13. „Oʻzbekiston Birinchi ligasi rasman O‘zbekiston Pro ligasi deb o‘zgartirildi“. 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  14. https://www.transfermarkt.com/usbekistan-u21/startseite/verein/30418
  15. „Uzbekistan U19“. Transfermarkt.
  16. „Futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi“.
  17. Futsal World Ranking
  18. „Futzal chempionati“. 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.
  19. „DXX raisi kubogining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi“.
  20. „Poytaxt talabalari o‘rtasida Students cup musobaqasi o‘tkaziladi — PFL“.
  21. Coca-Cola sponsors the 2019 Uzbekistan Super League
  22. PFL APEX INSURANCE bilan hamkorlikni uzaytirdi
  23. BMB HOLDING becomes official sponsor of Uzbekistan Professional Football League
  24. „BMB Trade group Liga rasmiy homiysiga aylandi“. 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-mart.
  25. „Artel O‘zbekiston Professional futbol ligasining titul homiyiga aylandi“.
  26. „Artel 2026 йил якунига қадар Суперлига титул ҳомийсига айланди“.
  27. „UZCARD O‘zbekiston futbolini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam tashladi“.[sayt ishlamaydi]
  28. „UZCARD O‘FA va PFL rasmiy hamkoriga aylandi“.
  29. 29,0 29,1 „Litsenziyalash yakunlari: 12 ta klub OFK litsenziyasini, 9 ta klub esa milliy litsenziyani shartli ravishda qo‘lga kiritdi“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  30. YouTube logotipi PROFESSIONAL FUTBOL LIGASI TAQDIRLASH MAROSIMI - 2022 YouTubeda