Nodavlat sektori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nodavlat sektori - milliy iqtisodiyotning davlat tasarrufida boʻlmagan sohalari. Nodavlat sektori Gʻarb mamlakatlarida privat, yaʼni xususiy sektor deb yuritiladi. Oʻzbekistonda xususiy korxonalar, qoʻshma korxonalar, shirkatlar, kooperativlar, xoʻjalik uyushmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari Nodavlat sektoriga ki-ritilgan. U xususiy mulkning ustuvorligi bilan ajralib turadi va uning milliy iqtisodiyotdagi hissasi turli mamlakatlarda turlicha. Nodavlat sektori korxonalari, birinchidan, oʻzaro bozor aloqalari oʻrnatsa, ikkinchidan, davlat sektori bilan bogʻlanib, turli resurslar va xizmatlarni sotib oladi. Nodavlat sektori xoʻjalikning hamma jabhalarida mavjud boʻlib, savdo-sotiq, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, transport, qurilish, isteʼmol buyumlari ishlab chiqarishda yetakchilik qiladi, ammo bazaviy tarmoqlarda uning hissasi nisbatan kichik. Nodavlat sektori iqtisodiyotning erkin, davlat arala-shuvidan xoli sohasi sifatida bozor qoidalariga binoan rivojlanadi. Bu yerda ishlab chiqarish strategiyasini bozordagi talab va taklif nisbati belgilab beradi. Nodavlat sektorida daromadlar erkin taqsimlanib oʻzlashtiriladi. Nodavlat sektori oʻz tovarlarini davlat buyurtmalariga binoan (bozor narxini hisobga olib), davlat sektoriga sotadi, davlat sektoridan esa kerakli tovar va xizmatlarni kelishilgan narxda sotib oladi. Nodavlat sektori er-kin boʻlganidan unga iqtisodiy fao-liyatni xilma-xilligi xos. Nodavlat sektorining iqtisodiyotdagi hissasi shu sektor korxonalarida jamgʻarish yuz berib, daromadlar investitsiyaga yoʻnaltirilishi natijasida ishlab chiqarishning kengayishi va davlat mulkining xususiylashtirilishi tufayli korxonalarning Nodavlat sektoriga oʻtishi yoʻli bilan oʻsadi. Bu hissa 4 koʻrsatkichga binoan aniqlanadi: yalpi ichki mahsulot (YAIM), ishlovchilar soni, kapital mablagʻlar va asosiy kapital (fond) miqdori koʻrsatkichlari. Bular orasida asosiysi — Nodavlat sektorining YAIM daga hissasi hisoblanadi. Oʻzbekiston iqtisodiyotida Nodavlat sektori hissasi 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning 70,2% ni, band boʻlganlar sonining 76% ni, korxonalar soni boʻyicha, 87,7% ni tash-kil etdi (1995-yilda tegishlicha 67,0, 63,9, 78,3%).

Ahmadjon Oʻlmasov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil