Coca-Cola Students Cup
| Davlat |
|
|---|---|
| Oʻtkazuvchi tashkilot |
Ichki ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional futbol ligasi |
| Tashkil etilgan | 2022 |
| Shior | „Yangi Oʻzbekiston yoshlarimiz“ |
| Jamoalar soni | 73ta |
| Yuqori liga | Oʻzbekiston Pro ligasi |
| Toʻpurarlar | Asror Roʻzmetov (Chirchiq pedagog) |
| Veb-sayt |
t.me/uzpfl t.me/birinchiligauzb |
| Homiylar | Coca-Cola |
| Joriy mavsum: 2025 | |
Coca-Cola Students Cup yoki Talabalar kubogi – Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan mini-futbol musobaqasi. Ichki ishlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va professional futbol ligasi hamkorligida 2022-yildan boshlab oʻtkazib kelinadi[1][2][3][4][5].
Asosiy homiy – Coca-Cola Ichimligi kompaniyasi boʻlib, u musobaqaning tashkiliy va moddiy jihatlarini taʼminlaydi[6][7].
Ishtirokchilarga OTM talabasi boʻlish shartligi belgilangan. Professional futbolchi/futzalchilar musobaqada ishtirok eta olmaydi. Har yili respublika miqyosida oʻtkazib kelinadi. Har yilgi musobaqalar 3 bosqichdan iborat boʻladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2019-yil 5-dekabrda „Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qaror[8][9], 2021-yil 5-noyabrda „Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va Workout sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qaror[10] hamda 2023-yil 7-aprelda „Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qaror[11] qabul qilingan.
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan talabalar oʻrtasida futbol turnirini oʻtkazish tashabbusi ilgari surilgan[12][6].
2022-yilning 18-aprel kuni talaba yoshlar oʻrtasida „Studentʼs Cup“ musobaqasi oʻtkazilishiga kelishib olingan[13]. 26-aprelgacha 35 ta oliy taʼlim muassasasidan 159 nafar talaba roʻyxatdan oʻtkazilgan. 13-may kuni turnir boshlangan. Finalda Andijon davlat universitetining „AnDU“ jamoasi gʻolib boʻlgan, Samarqand davlat universitetining SamDU jamoasi bronza medalni, Namangan davlat universitetining „NamDU“ jamoasi kumush medalni qoʻlga kiritgan[14][15][16][17].
2024-yil 29-aprelda musobaqaga start berildi[18][19][20][21][22][23][24]. 888 nafar talabadan iborat 74 jamoa ishtirok etdi[25][26][27].
| Viloyat | Talabalar soni |
|---|---|
| Toshkent viloyati | 296 |
| Toshkent shahri | 592 |
Toshkent davlat texnika universitetining „Texnika“ jamoasi 1-oʻrinni, Ichki ishlar vazirligi akademiyasining „IIV akademiya“ jamoasi 2-oʻrinni, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining „Sanʼat“ jamoasi 3-oʻrinni egallagan[28][29][30].
Bu yilgi musobaqada Oʻzbekistondagi barcha davlat oliygohlari va xususiy oliygohlar talabalari (ular orasida 11 nafar xorijlik talaba ham) ishtirok etdi[31]. Bunda talaba faqatgina shu oliygohning kunduzgi taʼlim shaklida bakalavr bosqichida taʼlim olayotgan boʻlishi va professional futbolchi boʻlmasligi kerakligi belgilangan[32].
29-aprel kuni qurʼa tashlandi[33]. Oʻzbekistondagi 73 oliy taʼlim muassasasidan 871 nafar talaba qatnashdi[34].
| Viloyat | Talabalar soni |
|---|---|
| Andijon viloyati | 38 |
| Buxoro viloyati | 37 |
| Xorazm viloyati | 34 |
| Sirdaryo viloyati | 29 |
| Navoiy viloyati | 28 |
| Qoraqalpogʻiston | 18 |
| Namangan viloyati | 42 |
| Jizzax viloyati | 46 |
| Surxondaryo viloyati | 48 |
| Samarqand viloyati | 69 |
| Fargʻona viloyati | 78 |
| Qashqadaryo viloyati | 86 |
| Toshkent viloyati | 131 |
| Toshkent shahri | 176 |
22-may kuni Toshkentdagi „Jar“ stadionida 3-oʻrin uchun bahs[35] va musobaqa finali[36] boʻlib oʻtdi. Chirchiq davlat pedagogika universitetining „Chirchiq pedagog“ jamoasi bronza medalini, Toshkent davlat texnika universitetining „Texnika“ jamoasi kumush medalni, „Stars International University“ xususiy oliy taʼlim muassasasining „Stars“ jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritdi[37].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Talaba yoshlar o‘rtasida Coca-Cola Student’s Cup musobaqasi o‘tkaziladi“.
- ↑ „“Coca-Cola Students Cup” football competition“.
- ↑ „Coca-Cola homiyligida "Students Cup" musobaqasi o‘tkaziladi“.
- ↑ „THE COCA-COLA STUDENTS CUP TOURNAMENT IS BEING HELD BETWEEN THE UNIVERSITIES OF TASHKENT CITY AND TASHKENT REGION“.
- ↑ „Coca-Cola homiyligi ostida poytaxt talabalari o‘rtasida Students cup musobaqasi o‘tkaziladi“.
- ↑ 6,0 6,1 „Тошкентда талабалар ўртасида Students Cup мусобақаси ўтказилади“.
- ↑ „Coca-Cola homiyligida "Students Cup" musobaqasi o‘tkaziladi“.
- ↑ „O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida“.
- ↑ „O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida“.
- ↑ „Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“.
- ↑ „Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida“.
- ↑ 📋 Talaba yoshlar oʻrtasida „Studentʼs Cup“ musobaqasi oʻtkaziladi
- ↑ Talaba yoshlar oʻrtasida „Studentʼs Cup“ musobaqasi oʻtkaziladi
- ↑ „Students Cup-2022. Bugun respublika bosqichiga qur’a tashlanadi“.
- ↑ „Students Cup. Андижон давлат университети – чемпион!“.
- ↑ „Yangi Oʻzbekiston yoshlarimiz“ shiori ostida mini futbol boʻyicha „Students cup“ musobaqasiga start berildi
- ↑ „Yangi Oʻzbekiston yoshlarimiz“ shiori ostida mini futbol boʻyicha „Coca Cola Students cup“ musobaqasining final bosqichi boʻlib oʻtdi
- ↑ „29-aprel — dushanba kuni Coca-Cola Students cup musobaqasi Bunyodkor stadionida start oladi“.
- ↑ „Toshkent shahar va Toshkent viloyati OTMlari o’rtasida Coca-Cola Students Cup musobaqasi bo’lib o’tmoqda“.
- ↑ Coca-Cola Students Cup
- ↑ Coca-Cola Students Cup
- ↑ „Талаба ёшлар ўртасида “Coca-Cola Student’s Cup” мусобақаси бошланмоқда“.
- ↑ Coca-Cola Students cup 2024. Qur'a tashlash marosimi YouTubeda
- ↑ „Coca-Cola Students Cup. Uchinchi bosqichga qur'a tashlash marosimi“.
- ↑ „Poytaxt talabalari o‘rtasida Students cup musobaqasi o‘tkaziladi — PFL“.
- ↑ Coca-Cola Students Cup. Final kuni!
- ↑ „Coca-Cola Students cup совриндорларини ташкилотчилар совғаси кутади — ЎзПФЛ“.
- ↑
Coca-Cola Student's Cup. Final. TEXNIKA - IIV AKADEMIYA YouTubeda
- ↑ „Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Students Cup” turnirining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi“.
- ↑ «Coca Cola Students cup» musobaqasining final bosqichi YouTubeda
- ↑ „Students cup 73 universitet va 871 talabaga o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini berdi“.
- ↑ „Liga Coca-Cola Students cup-2025 musobaqasi uchun tayyorgarlik boshladi“.
- ↑
Students Cup-2025. Qur'a tashlash marosimi YouTubeda
- ↑ Students cup 73 universitet va 871 talabaga oʻzini koʻrsatish imkoniyatini berdi
- ↑ 🔴 Coca-Cola Students Cup. 3-oʻrin uchun bahs
- ↑ 🔴 Coca-Cola Students Cup-2025. Final
- ↑ 🔴 Coca-Cola Students Cup. Stars International university jamoasi musobaqa gʻolibi!