Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston DXX futbol kubogi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining futbol kubogi
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Oʻtkazuvchi tashkilot Davlat xavfsizlik xizmati
Sport vazirligi
Futbol assotsiatsiyasi
Professional futbol ligasi
Mahallalar uyushmasi
Futbol tizimidagi darajasi 3
Tashkil etilgan 2021-yil
Jamoalar soni 42
Amaldagi chempion Oʻgʻil bolalar oʻrtasida:
„Abdurahmon Jomiy“ (Sirdaryo viloyati)
TV hamkorlar Uzreport TV
Joriy mavsum: 2025

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi – Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahallalar, tumanlar, viloyatlar va respublika bosqichida oʻtkaziladigan anʼanaviy futbol va mini-futbol musobaqasi[1].

„Besh tashabbus olimpiadasi“ doirasida oʻtkazib kelinadi.

Oʻzbekiston viloyatlarida futbol va mini-futbol boʻyicha kubok musobaqalari uch bosqichda oʻtkazib kelinmoqda.

  1. Yoshlar oʻrtasida tuman/shahar musobaqalari. Ular aprel-may oylarida oʻtkazildi.
  2. Tuman/shahar gʻoliblari oʻrtasida Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari boshligʻi kubogi musobaqalari. Ular iyun-iyul oylarida oʻtkaziladi.
  3. Viloyat gʻoliblari oʻrtasida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun respublika bosqichi musobaqalari. Ular avgust oyida oʻtkazildi

2021-yil 30-mart kuni ilk marta Oʻzbekistonning tuman, shahar, viloyatlari kesimida uyushmagan, ishsiz va kam taʼminlangan yoshlar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi musobaqalari tashkil etilgan. Unda 18—30 yosh oraligʻidagi yoshlardan 7779 tasi qatnashgan.

Tuman, shahar va viloyat bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan eng kuchli 14ta jamoa 12—15-iyun kunlari Toshkent shahridagi Bunyodkor stadioni kichik maydonlarida boʻlib oʻtgan final bosqichida qatnashdi. 1-oʻrinni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani „Samarqand“ mahallasi jamoasi, 2-pogʻonani Sirdaryo viloyati Guliston shahri „Taraqqiyot“ mahallasi jamoasi, 3-oʻrinni Jizzax viloyati Zomin tumani „Gʻofur Gʻulom“ mahallasi jamoasi qoʻlga kiritdi[2].

Musobaqa juda yuqori saviyada tashkil etildi. O‘zbekistonda 16-30 yoshlar oralig‘idagi yoshlarni o‘zida qamrab olgan bu kabi keng ko‘lamli musobaqalar kam. Har bir mahalla o‘z sha'nini himoya qilgani, keyinroq esa tuman va respublika bosqichi bilan turnir davom ettirilgani, 60mingdan ziyod yoshlarning bir chempionat yo‘lida kurashga kirishgani juda xursand qildi. Tashkiliy masalada qiyinchiliklar bo‘ldi. Lekin ishtirokchilarning ko‘zlaridagi minnatdorlik hislari barcha charchoqlarimizni chiqarib yuboradi

2022-yil 5-aprelda musobaqalarga start berildi[3]. Bu yildan boshlab, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrida futbol va mini-futbol boʻyicha kubok musobaqalari uch bosqichda oʻtkazib kelinmoqda.

  1. Yoshlar oʻrtasida tuman/shahar musobaqalari. Ular aprel-may oylarida oʻtkazildi.
  2. Tuman/shahar gʻoliblari oʻrtasida Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari boshligʻi kubogi musobaqalari. Ular iyun-iyul oylarida oʻtkaziladi.
  3. Viloyat gʻoliblari oʻrtasida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun respublika bosqichi musobaqalari. Ular avgust oyida oʻtkazildi[4].

21-avgust kuni respublika bosqichiga qur’a tashlash marosimi boʻldi[5].

Respublika bosqichi oʻyinlari – futbol boʻyicha guruh, mini-futbol boʻyicha guruh va final uchrashuvlari „Bunyodkor“ futbol akademiyasiga qarashli sunʼiy qoplamali maydonlarda, futbolning final uchrashuvi Toshkent shahridagi Jar stadionida oʻtkazildi. 28-avgust kungi final oʻyinida futbol va mini-futbol boʻyicha gʻoliblar aniqlandi. Mini-futbol boʻyicha Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi „Koʻl“ jamoasi gʻolib, Toshkent shahrining Olmazor tumani „Paxta“ jamoasi ikkinchi, Fargʻona viloyati Fargʻona tumani „Oqtepa“ jamoasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.

Futbol boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlarda Toshkent viloyati Boʻka tumani „Doʻstlik“ jamoasi birinchi, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani „Bogʻiston“ jamoasi ikkinchi oʻrinni egalladi. Uchinchi oʻrin Jizzax viloyati Jizzax shahri „Turon“ jamoasiga nasib etdi[6].

2023-yildan boshlab ayollar oʻrtasida ham musobaqalar oʻtkazila boshlandi. Qizlar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha DXX kubogi musobaqalari uch bosqichda oʻtkazildi. Birinchi bosqich – tuman va shaharlar kesimida aprel-may oylarida, ikkinchi bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida iyun-iyul oylarida oʻtkazildi. Musobaqalar respublika boʻyicha 250 ming nafardan ortiq yoshlar qatnashdi. Ikkinchi bosqich yakuni boʻyicha 365 nafar yoshlar aniqlanib, mahalliy futbol klublarga jalb qilindi[7].

Respublika bosqichi 21—25-avgust kunlari Bunyodkor futbol akademiyasida boʻlib oʻtdi[8]. 21-avgust kuni qur’a tashlash marosimi boʻldi[9]. Respublika bosqichida oʻgʻil bolalar oʻrtasida futbol va mini-futbol boʻyicha gʻolib boʻlgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-oʻrinni egallagan jamoalar uchun basketbol va voleybol oʻyinlari uchun moʻljallangan universal sport maydoni, 3-oʻrinni egallagan jamoalar mahallasiga bir savatli koʻcha basketboli sport maydoni qurib berilgan.

Qizlar oʻrtasidagi musobaqada gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Ularga diplom, medal, velosiped va televizorlar berildi. Final oʻyini 26-avgust kuni „Jar“ stadionida oʻtkazildi. Unda 42 ta jamoa gʻoliblik uchun kurashdi. Oʻgʻil bolalar oʻrtasida Qashqadaryo viloyatining „Qamashi“ jamoasi, qiz bolalar oʻrtasida Samarqand viloyatining „Nafis“ jamoasi gʻolib boʻldi[10].

6-aprel kuni futbol va mini futbol boʻyicha DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berildi[11][12].

19-avgust kuni Respublika bosqichiga qurʼa tashlandi[13]. 22-avgustda chorak final, 23-avgustda yarim final, 24-avgustda esa 3-oʻrin uchun bahs va final musobaqasi boʻlib oʻtdi[14].

Finalda oʻgʻil bolalar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha 1-oʻrinni Qashqadaryo viloyatining „Yangi avlod“, 2-oʻrinni Namangan viloyatining „Dambogʻ“, 3-oʻrinni Buxoro viloyatining „Joʻrabod“ jamoalari oldi. Qiz bolalar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha 1-oʻrinni Qashqadaryo viloyatining „Qarshi“, 2-oʻrinni Toshkent viloyatining „Chinoz“, 3-oʻrinni Jizzax viloyatining „Arnasoy-W“ jamoalari oldi[15].

Oʻgʻil bolalar oʻrtasida futbol boʻyicha 1-oʻrinni Qashqadaryo viloyatining „Arabxona“, 2-oʻrinni Toshkent viloyatining „Oq ovul“, 3-oʻrinni Andijon viloyatining „Poloson“ jamoalari oldi. Mini-futbol boʻyicha „eng yaxshi oʻyinchi“ – Maʼruf Turniyozov, „eng yaxshi toʻpurar“ – Abdurashid Qahhorov, „eng yaxshi darvozabon“ – Behruzjon Rashidov boʻldi. Qizlar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha „eng yaxshi oʻyinchi“ – Sabrina Anarboyeva, „eng yaxshi toʻpurar“ – Diyora Mahmudova, „eng yaxshi darvozabon“ – Sarvinoz Ergasheva boʻdi. Oʻgʻil bolalar oʻrtasida futbol boʻyicha „eng yaxshi oʻyinchi“ – Qahramon Shohnazarov, „eng yaxshi toʻpurar“ – Hikmatilla Habibullayev, „eng yaxshi darvozabon“ – Shahzod Madaminov deb topildi.

28-mart kuni Oʻzbekiston hududi boʻylab musobaqaga start berildi, 90 mingga yaqin 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar futbol va mini-futbol boʻyicha musobaqalarda qatnashishni boshladi[16].

17-avgustda final bosqichiga qurʼa tashlandi[17]. Respublika bosqichiga 42 ta jamoa saralangan. Respublika bosqichi 19—23-avgust kunlari „Bunyodkor“ futbol akademiyasi maydonlarida oʻtkazilgan. Final oʻyini „Jar“ stadionida boʻlib oʻtdi[18].

Futbol boʻyicha final bahsida Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar „Abdurahmon Jomiy“ mahallasi jamoasi 1:0 hisobida Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani „Qoratepa“ jamoasini magʻlub etib, gʻolib boʻldi. Toshkent shahri jamoasi esa 3-oʻrinni oldi[19].

  1. Erkaklar va ayollar oʻrtasida mahalla futbol terma jamoalari tuziladi
  2. 2,0 2,1 „DXX raisi kubogining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi“.
  3. Futbol boʻyicha DXX kubogi musobaqalariga start berildi
  4. Futbol boʻyicha DXX kubogining saralash bosqichiga start berildi
  5. „Dxx kubogi respublika bosqichiga qur’a tashlandi — video“. 2022-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  6. „DXX Kubogi-2022 yakunlandi. Futbolda Toshkent viloyati, mini-futbolda Andijon tengsiz (fotoreportaj)“.
  7. „Qizlar o'rtasida DXX kubogi g'olibi aniqlandi“. 2024-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
  8. „DXX kubogining final bahslari start oldi“.
  9. „DXX kubogi – 2023. Final bosqichiga qurʼa tashlandi“.
  10. „DXX kubogi-2023. G‘oliblar aniqlandi va taqdirlandi“.
  11. „Toshkentda futbol va mini futbol bo‘yicha DXX kubogi start oldi“.
  12. „DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berildi“.
  13. „DXX kubogi Respublika bosqichiga qurʼa tashlandi“. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi.
  14. „DXX kubogi – 2024: musobaqaning g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi“.
  15. „DXX kubogi yakunlandi. G‘olib va sovrindorlar taqdirlandi - fotojamlanma“.
  16. „Futbol bo‘yicha DXX kubogi boshlanmoqda“.
  17. „DXX kubogi – 2025 final bosqichiga qur’a tashlandi“.
  18. „DXX kubogi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi“.
  19. „DXX kubogi g‘oliblari munosib taqdirlandi“.