Kontent qismiga oʻtish

To‘labek Akramov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
To‘labek Akramov
Tavalludi 26-may 1989-yil (1989-05-26) (35 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston

Toʻlabek Abrorovich Akramov (Тўлабек Аброрович Акрамов; 1989-yil 26-may, OʻzSSR Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida tugʻilgan) — oʻzbek sport maʼmuri, Toshkentning „Lokomotiv“ futbol klubi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi ijroiya qoʻmitasi aʼzosi[1][2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻlabek 1989-yil 26-mayda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tugʻilgan. 1996—2005-yillarda Toshkent shahridagi 227-maktabda, soʻngra 2005—2007-yillarda 244-maktabda tahsil olgan. Keyinroq 2007—2011-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqigan[3][4].

2011—2013-yillarda Toshkent shahar prokuraturasida transport prokurori yordamchisi lavozimida ishlagan[5]. 2013-yildan 2023-yilgacha „Lokomotiv-Toshkent“ professional futbol klubi bosh menejeri lavozimida ishlagan, bir vaqtning oʻzida klub bosh direktorining oʻrinbosari boʻlgan. 2024-yil 1-yanvarda „Lokomotiv“ PFK vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan[6].

Uning boshqaruvida klub 3 karra Oʻzbekiston chempioni, 3 karra Oʻzbekiston kubogi sohibi, 2 karra Oʻzbekiston Superkubogi sohibi, 3 karra Oʻzbekiston vitse-chempioni, 1 karra bronza medali sohibi boʻlgan[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]