Oʻzbekiston amputantlar milliy futbol terma jamoasi
| Assotsiatsiya | Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi | ||
|---|---|---|---|
| Konfederatsiya | Osiyo Futbol Konfederatsiyasi | ||
| Sub-konfederatsiya | MOFF (Markaziy Osiyo) | ||
| Bosh murabbiy |
| ||
| Sardor | Abdujamil Shukurov | ||
| Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Abdujamil Shukurov | ||
| Eng yaxshi toʻpurar | Abdujamil Shukurov | ||
| FIFA kodi | UZB | ||
| |||
Oʻzbekiston amputantlar milliy futbol terma jamoasi — amputantlar oʻrtasidagi xalqaro turnirlarda va futbol oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladigan amputant nogironlar oʻrtasidagi milliy futbol jamoasi. Milliy terma jamoani nazorat qiluvchi va boshqaradigan tashkilot Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hisoblanadi. Oʻzbekiston terma jamoasi XAFFga kiritilgan va dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Uch karra Jahon kubogi gʻolibi.[1]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1988-yil oktabr oyida amerikalik Bill Barri Amerikaning Sietl shahri bilan qardosh Toshkentga keldi va Afgʻonistonda jang qilgan yigitlarni oʻzining „Futbol nogironlar uchun“ dasturi bilan tanishtirish uchun oʻzi bilan 22 juft yengil hassa tayoq olib keldi. „Matonat“ klubi va uning negizida Oʻzbekiston terma jamoasi tashkil etildi[2]. Ayni paytda jamoa koʻplab xalqaro va respublika turnirlarining gʻolib va sovrindori hisoblanadi.[3]
2019-yil Rossiya oʻtkazilgan xalqaro turnirda terma jamoa vakillari umumiy 5 ta uchrashuvda qatnashib 42 ta gol urishda va turnir chempioniga aylanishdi.[4]
jahon chempionatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilgi Amputantlar oʻrtasidagi jahon kubogiga Oʻzbekiston terma jamoasi Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rahbarligida[5] astoydil tayorgarlik koʻrdi.[6][7] Bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazildi. Jamoa tarkibiga Yevropada top suradigan futbolchilar ham jalb etildi.[8] Terma jamoa yarim final bosqichigacha yetib bordi.[9]
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jahon kubogi (3): 2007, 2010, 2012
Jahon chempionati (1): 2010
Mehribonlik kubogi (3): 1989, 1990, 1991
„Rojdestvo“ mukofoti (3): 1995, 1996, 1997
„Trud“ gazetasining mukofoti: 1991
„Gʻalaba kuni“ turniri: 1992
Spartak kubogi (Moskva): 1993
Askarlar-internatsionalistlar mukofoti (Moskva): 1993
Nogironlar futbol assotsiatsiyasi kubogi: 1993
Rossiya ochiq chempionati: 1996
Gruziya nogironlar federatsiyasi mukofoti: 1998
Xalqaro nogironlar festivali: 1999
Rossiya nogironlar ittifoqi kubogi: 2006
MDH kubogi: 2007
Jahon chempionati: 1998,
Jahon chempionati: 2002
Yevropa ochiq chempionati: 1999
Rossiya ochiq chempionati: 2006
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Мексикадаги Жаҳон чемпионатида иштирок этади“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
- ↑ Safarov V. A. Ensiklopediya futbola v Uzbekistane 1912—2012. – T. 2014. – S. 332.
- ↑ „"Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси машғулотларга киришди. Осиё чемпионати юртимизда ўтказилиши мумкин" - бош мураббий билан интервью“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси чемпионликни нишонлади“. 2020-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
- ↑ „ЎФА вакиллари ампутантлар терма жамоаси аъзолари билан учрашди“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
- ↑ „⚡️ Мундиалгача. "Халқ учун ўйнаймиз" – олтинчи титулни мақсад қилган беш карра жаҳон чемпиони билан интервью“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Ўзбекистон ногирон-ампутантлар терма жамоаси ЖЧга ҳозирлик кўрмоқда“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
- ↑ „⚡️ Мундиалгача. Ўзбекистон ногирон-ампутантлар ТЖ сафида ЕЧЛ ғолиблари борлигини биласизми?“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
- ↑ „ЖЧ-2022. Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ярим финалда Туркияга минимал ҳисобда имкониятни бой берди“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Istoriya futbola sredi amputantov (Wayback Machine saytida 2016-10-18 sanasida arxivlangan)