Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi
Qisqartma OʻzRSV
Turi davlat idorasi
Maqomi amalda
Shiori Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va sportni ommalashtirish
Ishga tushgan sanasi 2024-yil 20-yanvar
Vazir Adham Ikromov[1]
Vazir oʻrinbosari Murod Ismoilov
Vazir oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov[2]
Bosh mahkamasi 100202, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Olimpiya shaharchasi
Til(lar)i O'zbek
Vebsayti gov.uz/oz/sport
Map

Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi[3].

1994-yilda Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi sifatida tashkil etilgan. 2001-yilda Madaniyat vazirligi bilan birlashtirilgan. 2017-yilda jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasi sifatida qayta tashkil etilgan. 2018-yil 5-mart kuni davlat qoʻmitasidan vazirlikka aylantirilgan[3]. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabr kuni mamlakatdagi vazirlik va idoralar soni 61tadan 28taga qisqartirilishini maʼlum qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yangi tashkil etilgan Yoshlar siyosati va sport vazirligiga biriktirildi. Adham Ikromov vazir etib tayinlandi. Alisher Saʼdullayev barcha lavozimlarini saqlab qolgan holda, vazirning birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi[4].

2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi qaytadan Sport vazirligiga aylantirildi. Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻtkazildi[5]. Sport vazirligi qaytadan tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport
Madaniyat va sport
Jismoniy tarbiya va sport
Turizm va sport
Sport

Vazirlikning tashkiliy tuzilmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 7-aprel kuni vazirlikning tashkiliy tuzilmasi kengaytirilgan[9].

Vazirlik quyidagi boʻlinmalardan tashkil topgan:

* Sportni rivojlantirish boshqarmasi

* Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻlimi

* Jismoniy tarbiya va ommaviy sport boʻlimi

* Sport taʼlimi va ilmiy-tadqiqot ishlari boʻlimi

* Yuridik va moliyaviy boshqaruv boʻlimi