Kontent qismiga oʻtish

Diyor Imomxoʻjayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Diyor va familiyasi Imomxoʻjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Diyor Abrorovich Imomxoʻjayev
Imomxoʻjaev Diyor Abrorovich
Tavalludi 1989-yil 22-sentyabr (1989-09-22) (37 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (2011)
Jakarta milliy universiteti (2015)
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (2021)
Bolalari 2
Otasi Abror Imomxoʻjayev
Veb-sayti pfl.uz
Xushnud Xudoyberdiyev, Diyor Imomxoʻjayev va Muhrim Aʼzamxoʻjayev

Diyor Imomxoʻjayev (Диёр Имомхўжаев, 1989-yil 22-sentyabr, Toshkent) — oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi, jurnalist, bloger, futbol sharhlovchisi va jamoat arbobi. 2020-yildan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori.

1989-yil 22-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Imomxoʻjayev yoshligidan jurnalistika va ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat yuritgan. 2007-yildan 2011-yilgacha Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro jurnalistika yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan. 2012-yilda Jakarta davlat universitetida bir yillik stipendiya dasturida qatnashgan. Keyinchalik, 2018-yildan 2021-yilgacha Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olgan.

Jurnalistlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imomxoʻjayev faoliyatini 2005-yilda „Navroʻz“ radiosida ovoz muhandisligidan boshlagan. 2008-yilga kelib, sharhlovchi va jurnalist sifatidagi efirda chiqishni boshladi. 2011-yilda Xushnud Xudayberdiyev va Muhrim Aʼzamxoʻjayev bilan birgalikda bugungi kunda Oʻzbekistonning yetakchi yangiliklar veb-saytlaridan biri boʻlgan „kun.uz“ saytini ishga tushirgan[1].

2012—2015-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmatida va „Sport“ telekanalida ishlagan. Shuningdek, „daryo.uz“ va „championat.asia“ kabi ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritgan. 2016-yildan 2020-yilgacha Uzreport TV va Futbol TV telekanallarida sport sharhlovchisi sifatida shuhrat qozongan. Angliya Premyer-ligasi, La Liga, Italiya A Seriyasi, UEFA Chempionlar Ligasi kabi yirik futbol musobaqalarini yoritib borgan. Shu bilan birga, Toshkentning Lokomotiv futbol klubi matbuot xizmatida ham ishlagan[2][3].

Futboldagi yetakchilik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Imomxoʻjayev Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktorining oʻrinbosari etib tayinlanish orqali futbol boshqaruviga oʻtdi. Uning liga rivojiga qoʻshgan hissasi tez orada eʼtirof etildi va 2020-yil may oyida Abdusalom Azizov taqdimnomasiga asosan, mazkur tashkilot bosh direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga koʻtarildi. 2022-yil 26-may kuni bosh direktor lavozimiga 4 yil muddatga tasdiqlandi[4][5]. 2026-yil 19-avgust kuni Bahodir Qurbonov taqdimnomasiga asosan, bosh direktor lavozimiga yangi muddatga qayta saylandi[6][7].

2023-yil 23-iyunda FIFA palatasi aʼzoligiga qabul qilindi[8] 2023-yil 28-dekabr kuni Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Professional futbol qoʻmitasi aʼzosi etib tayinlandi[9].

2026-yil yanvar oyida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ijroiya qoʻmitasi aʼzoligiga qabul qilindi[10].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobosi Axbor Imomxoʻjayev (1936—2022) — birinchi oʻzbek sport sharhlovchisi, respublika toifasidagi futbol hakami, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni sohibi boʻlgan.[11] Oʻzbek futbol sharhlovchilari maktabining asoschisi sanaladi[12].

Otasi — Abror Imomxoʻjayev, bir nechta oʻzbek sport internet nashrlari jurnalisti. Koʻp yillar davomida gazeta va televideniyeda ishlagan. Oʻzbekistondagi futbol yangiliklarini tahlil qilishga bagʻishlangan koʻplab televizion dasturlar muallifi[13].

Amakisi — Zafar Imomxoʻjayev, jurnalist va sport sharhlovchisi. Hozir Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidentining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi — OAV va jamoatchilik bilan aloqalar departamenti direktori[14][15][12].

Diyor Imomxoʻjayev ijtimoiy tarmoqlarda faol shaxs sanaladi. Uning futbol haqidagi fikrlari va sharhlari Instagram kabi platformalar orqali minglab muxlislarga yetib boradi; hozir 40 mingdan ortiq kuzatuvchisi bor[16][17].

  1. ↑ „Kun.uz sayti asoschisi nima uchun uni tark etdi?“ (uz).
  2. ↑ „Diyor Imamkhodjaev“. 2024-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 21-avgust.
  3. ↑ „Diyor Imomxo'jaev “Lokomotiv”da ish boshladi“ (uz).
  4. ↑ „«Нам нужно стать организацией, которая дает деньги командам, а не берет у них» — ПФЛ впервые представила финансовый отчет“ (ru).
  5. ↑ „Диёр Имамходжаев назначен руководителем Профессиональной футбольной лиги“ (ru).
  6. ↑ „Rasman: Diyor Imomxo'jaev yana 4 yil PFLni boshqaradi“. championat.asia. Qaraldi: 2026-yil 19-avgust.
  7. ↑ „Ijroiya qo‘mita a’zolari bir ovozdan Diyor Imomxo‘jayevni Liga bosh direktorligiga tasdiqladi“ (uz-latn). Tribuna.uz (2026-yil 19-avgust). Qaraldi: 2026-yil 19-avgust.
  8. ↑ „O'zbekistonlik futbol mutaxassisi FIFA palatasi azosiga aylandi“ (uz).
  9. ↑ „Diyor Imomxo'jaev OFK qo'mitasi azosiga aylandi“ (uz).
  10. ↑ O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hisobot-saylov kongressi va eng yaxshilarni taqdirlash marosimi YouTubeda
  11. ↑ „О присвоении Имамходжаеву А.Р. почетного звания «Заслуженный наставник молодежи Республики Узбекистан»“ (ru). lex.uz. 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyun.
  12. 1 2 „7 YILLIK IZTIROB. SPORTDAN HAYDALGAN ZAFAR IMOMXO'JAYEV“ (uz). 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyun.
  13. ↑ „"Журналист минбари". Аброр Имомхўжаев билан ЖОНЛИ ЭФИРДАГИ суҳбат“ (ru). 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyun.
  14. ↑ „Директора департаментов // НОК Узбекистана“ (uz). 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  15. ↑ „Поздравляем Зафара Имомхужаева!“ (ru). 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyun.
  16. ↑ „Diyor Imomkhodzhaev: "Now there will be a fair fight for the 3rd place in the Super League"“ (2021-yil 9-dekabr). 2023-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-avgust.
  17. ↑ „Diyor Imamkhodjaev: If we talk about futsal, there are 2 good teams in Central Asia: Kazakhstan and Uzbekistan. Unfortunately…“. 2025-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-avgust.