Baxtiyor Qosimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baxtiyor Qosimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Baxtiyor Qosimov
Tavallud sanasi 1-oktyabr 1995-yil (1995-10-01) (28 yosh)
Tavallud joyi Andijon Oʻzbekiston
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston OKMK
Raqami 18
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2021 Oʻzbekiston Andijon 95 (5)
2022 Oʻzbekiston Surxon 12 (1)
2022—2023 Qatar Al-Xor SC
2023 Oʻzbekiston OKMK
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Baxtiyor Qosimov (ruscha: Бахтиёр Косимов; 1-oktyabr, 1995-yil, Andijon) – oʻzbek futbolchisi,Oʻzbekiston Super ligasida ishtirokchisi, Olmaliqning „OKMK“ klubi yarim himoyachisi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxtiyor futbolchilik faoliyatini Andijonning „Andijon“ jamoasida boshlagan. Faoliyati davomida „Paxtakor-79“ jamoasida ham ijara asosida oʻynagan. Qosimov Andijon jamoasi tarkibida 2022-yilgi mavumgach oʻynagan. 2022-yilgi mavsumda Termizning „Surxon“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Termiz jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida oʻynagan va samarali oʻyinlari sababli yozgi transfer oynasida Qatarning „Al-Xor SC“ klubi tarkibiga oʻtgan[1][2].

Qatar jamoasi tarkibida bir yil davomida toʻp surdi va jamoa bilan birgalikda Qatar ikkinchi ligasida ikkinchi oʻrinni oldi. 2023-yil yozgi transfer oynasida Qatar jamoasi bilan shartnomasi yakunlandi[3] va sentyabr oyida Olmaliqning „OKMK“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[4].

Yututqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2018
  • Qatar Ikkinchi ligasi ikkinchi oʻrin: 2022

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]