Valijon Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Valijon Rahimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Valijon Alijonovich Rahimov
Tavallud sanasi 16-fevral 1995-yil (1995-02-16) (29 yosh)
Tavallud joyi Urganch Oʻzbekiston
Boʻyi 189 cm (6 ft 2 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
OKMK
Raqami 25
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2014 Oʻzbekiston Xorazm - (-)
2014—2017 Oʻzbekiston Paxtakor - (-)
2017 Oʻzbekiston Lokomotiv BFK - (-)
2018 Turkiya Sultanorhanspor - (-)
2018 Turkiya 1920 Maras Spor 6 (0)
2019 Turkiya Cayirova Spor 5 (0)
2020— Oʻzbekiston OKMK 38 (0)
Milliy terma jamoa
2021— Oʻzbekiston Oʻzbekiston 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Valijon Alijonovich Rahimov (ruscha: Рахимов, Валиджон Алиджонович; 16-fevral 1995-yil, Urganch) – oʻzbek futbolchisi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Olmaliqning „OKMK“ klubi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Valijon Rahimov Xorazm futboli tarbiyalanuvchisi. Futbolchilik faoliyatini „Xorazm“ klubida boshlagan va keyinchalik 2014-yildan „Paxtakor“ yoshlar tizimida faoliyatini davom ettirgan. 2017-yilgi mavsumda Toshkentning boshqa bir jamoasi „Lokomotiv“ jamoasining farm jamoasi „Lokomotiv BFK“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2018-yilgi mavsum oldidan Turkiyaning quyi liga jamoalaridan biri „Sultanorhanspor“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Sultanorhanspor jamoasida yarim mavsum davomida oʻynaganidan soʻng „1920 Maras Spor“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2019-yilgi, yangi mavsum oldidan Valijon oʻzining Turkiyadagi uchinchi jamoasi „Cayirova Spor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. „Cayirova Spor“ jamoasida bir mavsum davomida oʻynadi va 2020-yilgi mavsumda Oʻzbekistonga qaytdi. 2020-yilgi mavsum oldidan Oʻzbekiston Superligasining yetakchi jamoalaridan biri, Olmaliqning „OKMK“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Dastlabki mavsumidayoq AFC Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etdi[1] va jamoaning asosiy darvozabonlaridan biriga aylandi[2]. 2024-yil yanvar oyida „OKMK“ jamoasi bilan shartnomnasini ikki yil muddatga uzaytirgan[3].

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Valijon Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2021-yil 9-oktyabrda Malaziyaga qarshi oʻyinda Srečko Katanec murabbiyligi davrida[4][5] ilk bor debyut qildi[6].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]