Navoiy shoh koʻchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ushbu maqola koʻcha haqidadir. Navoiy soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
Navoi Theater — Tashkent.jpg
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Hudud Toshkent viloyati
Shahar Toshkent shahri
Tuman Shayxontohur tumani
Uzunligi 4 kilometr
Kengligi 24 metr
Yaqin metro bekatlari Alisher Navoiy (metro bekati)
Paxtakor (metro bekati)
Chorsu (metro bekati)
Avtobuslar 30, 31, 37, 44, 57, 68, 72, 89, 91, 97, 115, 140,
Yoʻnalishli taksilar 8, 62, 101, 110,
Kim sharafiga nomlangan? Alisher Navoiy[1]
Kesishgan koʻchalari Rashidov koʻchasi
Furqat koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Wyndham Hotel
Mustaqillik maydoni
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati markazi
Uztelecom
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Toshkent arxitektura-qurilish instituti

Koordinatalari: 41°19′15″N 69°15′33″E / 41.32083°N 69.25917°E / 41.32083; 69.25917


Navoiy shoh koʻchasi — Toshkent markazidagi shoh koʻchalardan biridir. Alisher Navoiy sharafiga shunday nomlangan. Koʻcha Amir Temur shoh koʻchasidan gʻarbga choʻzilib, Chorsuda Beruniy va Samarqand Darvoza koʻchalariga ajraladi.

Tarixi[tahrir]

Dastlab Hadra maydonidan Anhor kanali oraligʻida boʻlgan. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan soʻng Oʻrda koʻprigidan hozirgi Amir Temur shoh koʻchasigacha uzaytirilgan.

1893-yilgacha Toshkoʻcha, Kattakoʻcha nomlari bilan yuritilgan. Soʻng Shayxontohur koʻchasi nomi berilgan. 1938 yil ulugʻ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligiga tayyorgarlik koʻrish doirasida Navoiy nomi berilgan.

19-asrning 2-yarmi va 20-asrning boshida Eski shaharni Yangi shahar bilan bogʻlashda muhim ahamiyat kasb etgan. Shayxontohur dahasini kesib oʻtgan (eski nomi shundan). Koʻchada asosan hunarmandlar yashagan. Unda Shayx Xovandi Tohur maqbarasi (15-asr), Yunusxon maqbarasi (19-asr), Eshonquli dodxoh madrasasi (19-asr, saqlanmagan; bu yerda 1884 yil birinchi rus-tuzem maktabi ochilgan)dan boshqa yirik binolar boʻlmagan.

20-asr boshlarida Eski shaharning eng gavjum koʻchasi hisoblangan. 20-asr boshida birinchi koʻnka va tramvay harakati aynan shu koʻcha orqali yoʻlga qoʻyilgan. 1908 yil ilk kerosin-kalil fonarlari oʻrnatilgan.

Koʻchadagi yangi qurilishlar va uning rekonstruksiyasi 1930-70 yillarda amalga oshirilgan, kengaytirilgan transport magistrali oʻtkazilgan, koʻp qavatli binolar qurilgan. 1930-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, „Oʻzdavlatloyiha“ (keyinchalik Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi joylashgan), Markaziy telegraf binolari va boshqalar barpo qilingan. 1940 yil Madaniyat va mehnat saroyi (meʼmor S.N.Polupanov; keyinchalik bu binoda Adabiyot muzeyi, Yosh tomoshabinlar teatri joylashgan) qurilgan. 1949 yil bino oldidagi maydonda Navoiy haykali oʻrnatilgan (meʼmor V.Volchek, haykaltarosh N.Ditrix). 1968 yil maydoni rekonstruksiya qilingan va shu yili Alisher Navoiy tavalludining 525 yillik yubileyi munosabati bilan haykal oʻrnatilgan joyda „Shoirlar xiyoboni“ tashkil etilgan. 1991 yil 9 fevralda shoirning 550 yillik yubileyi munosabati bilan „Shoirlar xiyoboni“da shoirning yangi tagsupaga oʻrnatilgan haykali qayta ochilgan. 1937-40 yillarda „Vatan“ kinoteatri (meʼmorlar A.Sidorov, N.Timofeev) qurilgan. Toshkent zilzilasi (1966)dan keyin bu bino oʻrnida Hamza nomidagi teatr (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri)ning yangi binosi qurildi; bino 2001 yilda zamonaviy talablarga javob beradigan qilib qayta taʼmirlandi va butunlay yangi qiyofaga ega boʻldi. 2000 yil koʻchada keng qamrovli rekonstruksiya, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Koʻcha eniga kengaytirilib, tramvay yoʻli, jamoat transporti bekatlari tubdan yangilandi. Abay koʻchasi va Hadra maydoni oraligʻidagi savdo yarmarkasi tartibga keltirildi. Ikki yoqlama 3 qator transport vositalari harakati uchun imkon yaratildi.

Navoiy koʻchasida Sogʻliqni saqlash vazirligi, Aloqa va axborotlashtirish, Matbuot va axborot agentliklari, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktabi, kompaniya va uyushmalar, davlat inspeksiyalari va banklar, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, „Dedeman“, „Markaziy“ va „Chorsu“ mehmonxonalari, „Poytaxt“ biznes markazi, Mustaqillik maydoni va Xotira maydoni, „Turkiston“ saroyi, Sanʼat saroyi, Milliy matbuot markazi, Arxitektura va qurilish, Kimyo-texnologiya institutlari, Markaziy telegraf, Shayxontohur yodgorlik majmuasi, Koʻkaldosh madrasasi, „Turkuaz“ gipermarketi, Shayxontohur tuman hokimligi, xorijiy vakolatxonalar, koʻp qavatli turar joy va maʼmuriy binolar, bekatlar, kitob rastalari, savdo majmualari va servis xizmat koʻrsatish maskanlari va boshqalar joylashgan.

Navoiy koʻchasi Zarqaynar, Furqat, Gʻafur Gʻulom, Abay, Shayxontohur, Botir Zokirov, Rashidov, Mustafo Kamol Otaturk, Buyuk Turon koʻchalari bilan tutashgan. Koʻcha boʻylab barcha turdagi jamoat transporti vositalari harakati yoʻlga qoʻyilgan[2].

Manbalar[tahrir]

  1. http://shosh.uz/navoiy-kochasi/
  2. „Toshkent“ ensiklopediyasi. 2009 yil