Orkestr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bursa davlat simfonik orkestri, Turkiya

Orkestr (qadimgi yunoncha: ὀρχήστρα - orchestra — yunon teatrida sahnaning old maydonchasi) — musiqa asarini birglalikda ijro etuvchi cholgʻu asboblari yigʻindisi va shu asboblarni chaluvchi musiqaschilar kollektivi. Orkestr kamer ansambldan dirijor tomonidan boshqarilishi va baʼzi partiyalar yakka sozlarda emas, balki sozandalar guruhi tomonidan ijro etilishi bilan farqlanadi. Sozlarning turlari va tuzilishiga koʻra, orkestlar simfonik orkestr, xalq cholgʻu asboblari orkestri, kamer orkestr, puflamalar orkestri, torli cholgʻular orkestri, estrada orkestri, jaz orkestri va boshqa turlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda orkestrlarning barcha turlari mavjud.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]