Simfonik orkestr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Simfonik orkestr - torli, puflama va urma cholgu asboblardan tuzilgan eng boy va murakkab turdagi orkestr. Uning shakllanishida Yevropada tarqalgan cholgʻu asboblari hamda xalq va professional cholgʻu ansambllari muxim rol uynagan. 18-asrning 2-yarmida klassik So. tashkil topgan; u kichik So. deb ham yuritiladi. Unga 8— 10 birinchi va 4—6 ikkinchi skripka, 2—4 alt, 3—4 violonchel, 2 kontrabas, 2 tadan fleyta, goboy, klarnet, fagot, valtorna, keyinchalik, 2 truba va litavralar kirgan. 19-asrda mazkur orkestrga boshqa cholgʻular (mas, trombonlar, tuba va boshqalar) qoʻshilishi hamda ijrochilar soni (mas, birinchi skripkalar 14—16 tagacha) kupaytirilishi natijasida katta So. paydo boʻlgan. 19va 20-asrda So. tarkibi uziga xos tembr va ifodaviy imkoniyatlarga ega boʻlgan boshqa (mas, kichik va basklarnetlar, arfa, chelesta, organ, fortepiano, ayniqsa, turli urma cholgʻular va boshqalar) musiqa asboblar hisobiga kengaytirilgan.

Oʻzbekistonda So. 19-asrning oxirida paydo buldi. Hozir Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqali teatrstudiyasining Simfonik orkestrlari chet el mumtoz hamda zamonaviy kompozitorlar asarlarining targʻibotchilari sifatida tanilgan. Bulardan tashqari, Navoiy teatri, Muqimiy teatri va boshqa musiqali drama va komediya teatrlarida Simfonik orkestrlar mavjud.