Abdusaid Koʻchimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbek adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Abdusaid Koʻchimov — shoir, adib. Abdusaid Koʻchimov 1951-yil 15-mayda Samarqandning Urgut tumanida tugilgan. Tumandagi 37-maktabni (1967), Toshkent Davlat pedagogika institutini oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1968–1972). Mehnat faoliyatini „Lenin uchquni“ gazetasida ishlashdan boshlahgan. Ijodida ham bolalar dunyosi, bolalik saltanati ajoyibotlari yetakchilik qila boshladi. 1984–1991-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida maʼsul kotib, „Lenin uchquni “da bosh muharrir boʻldi. 1991–1997-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida boʻlim mudiri, Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida rais oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida Ahborot markazi rahbari vazifalarida faoliyat koʻrsatdi. 1997-yildan buyon Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi Raisi vazifasini bajarmoqda.

Ilk kitobi- „Kashfiyotchi bolalar“ 1975-yilda chop etildi. Shundan soʻng uning „Halqa“, „Qiyofa“, „Mening yulduzim“, „Umid darahtlari“, „Chanoq“, „Ikki bahor“ kabi sheʼriy va nasriy kitoblari nashr qilindi. „Baland tog’lar“ (2002)saylanma kitobiga yozuvchining qissalari, dostonlari, sheʼrlari kiritilgan. Abdusaid Koʻchimov Halqaro YUNESKO mukofoti, Gʻafur Gʻulom nomidagi mukofoti bilan taqdirlangan. Abdusaid Koʻchimov tomonidan bolalar hayoti muammolari badiiy tahlil qilinadi. Unga „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoni, „Shuhrat“ medali, „Mehnat shuhrati“ ordeni berilgan. Abdusaid Koʻchimov 1990-yildan hozirgi kungacha Oʻzbekiston Oliy Soveti, Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati. Oilali. Uch farzandi bor.

Asari[tahrir]

Adabiyot[tahrir]