Paxtaorol (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Maqtaaral tumanidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Paxtaorol tumani
Мақтаарал ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Turkiston viloyati
Maʼmuriy markazi Mirzakent
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Beysenbayev Jamantay
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2018) 133 539[1]
Millatlar tarkibi Qozoqlar 83,22 %
Tojiklar 8,11 %
Oʻzbeklar 3,73 %
Ruslar 1,49 %
boshqalar 3,45 % (2015г.)[2]
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 1,800 km²
Paxtaorol tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72534[3]
Avtomobil raqami kodi X, 13
Rasmiy sayti http://www.maqtaaral.kz/

Paxtaorol — Turkiston viloyatining janubiy qismida joylashgan tuman. Maydoni 1,8 ming km² (viloyat hududining 1,5 %). Aholisi 133 539 kishi[4]. Tuman markazi — Mirzakent qishlogʻi.

Tarixi[tahrir]

Oldingi Sirdaryo guberniyasi, Tashqazaq uezining Yirjan boʻlisi parchalanib, shuning asosida 1928-yili 3-sentyabrda Yirjar tumani nomi bilan qayta tashkil etildi. 1930-yilda Paxtaorol nomi berildi. 1997-yili 24-aprelda paxta etishtiruvchi uchta tuman (Asiqata, Jetisay, Paxtaorol) parchalanib, ularning hududi qoʻshilib markazi — Jetisay shahri nomi bilan Paxtaorol tumani tashkil topdi. 2018-yil 5-iyunda Paxtaorol tumani tarkibidan Jetisay tumani ajralib chiqdi[5].

Aholisi[tahrir]

Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 297,931 kishini tashkil qildi, ularning oʻrtacha zichligi 1 km 2ga 165,5 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanda salmoqli qiymatga ega millatlar: qozoqlar, oʻzbeklar, tojiklar va boshqalar

Iqlimi[tahrir]

Iqlimi kontinental, qishi qisqa va iliq, yozi issiq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-4 °C, iyulniki 28-29 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200–250 mm.

Korxonalari[tahrir]

Tumanda 37-ta korxonalar 2007-yilning 1-choragida 4-mlrd 267-million tangalik mahsulotlar ishlab chiqarib, shu yilning rivojlanish rejasini 101,6 % bajardi.

Katta qishloqlari[tahrir]

  • Atakent
  • Asiqata,
  • Mirzakent
  • Algʻabas
  • Jalin
  • Besketіk,
  • Qizilqum
  • Satbayev

Qishloq xoʻjaligi[tahrir]

Tuman dehqonlari 139-ming gektar ekinzorning 122744 gektariga paxta, 4834-gektariga gʻalla oʻsimliklari, 5092-gektariga ekinlar, 860-gektariga koʻchatlar, 566,2-gektariga uzum, 5830-gektariga bugʻdoy ekib, hozirgi kunda 1400-tonna bugʻdoy, 29000-tonna koʻkatlar, 37500- tonna mevalarning hosili olindi.

Madaniyat, sport[tahrir]

Tumanda madaniy hizmat boʻyicha 30 ta madaniyat uylari, klublar va 36 ta kutubxona bor.

Manbalar[tahrir]