Jahon urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jahon urushi — bu dunyoning barcha yoki koʻplab yirik kuchlarini oʻz ichiga olgan xalqaro mojaro[1]. Anʼanaviy ravishda bu atama XX asrning birinchi yarmida, yaʼni Birinchi jahon urushi (1914—1918) va Ikkinchi jahon urushida (1939—1945) sodir boʻlgan ikkita yirik xalqaro toʻqnashuvlar uchun ajratilgan, tarixchilar boshqa global toʻqnashuvlarni ham jahon urushlari sifatida tasvirlashgan, masalan, Toʻqqiz yillik urush, Ispaniya vorisligi urushi, Yetti yillik urush, Fransiya inqilobiy va Napoleon urushlari, Sovuq urush va Terrorga qarshi urush.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oksford inglizcha lugʻati 1848-yilda Shotlandiyaning The Peopleʼs Journal gazetasiga ingliz tilida maʼlum boʻlgan jahon urushi atamasining birinchi qoʻllanilishini keltirgan: „Buyuk kuchlar oʻrtasidagi urush albatta jahon urushidir“. „Jahon urushi“ atamasi Karl Marx va uning sherigi Friedrich Engels[2] tomonidan 1850-yilda chop etilgan "The Class Struggles in France" nomli bir qator maqolalarida qo‘llangan. Rasmus B. Anderson 1889-yilda tevtonik mifologiyadagi epizodni „jahon urushi“ (shvedcha: världskrig) deb taʼriflab, bu taʼrifni qadimgi Nors dostonidagi „Völuspá: folcvig fyrst I heimi“ („Dunyodagi birinchi buyuk urush“) satri bilan asoslab berdi. Nemis yozuvchisi August Wilhelm Otto Niemann 1904-yilda ingliz tilida "The Coming Conquest of England" nomi bilan nashr etilgan „Der Weltkrieg: Deutsche Träume“ ("Jahon urushi: Germaniya orzulari") nomli Britaniyaga qarshi romani sarlavhasida „jahon urushi“ atamasini ishlatgan edi.

„Birinchi jahon urushi“ atamasi birinchi marta 1914-yil sentyabr oyida nemis biologi va faylasufi Ernst Gekkel tomonidan qoʻllanilgan boʻlib, u 1914-yil 20-sentyabrda The Indianapolis Star gazetasining sim xizmati hisobotiga iqtibos keltirgan holda: „Qoʻrqinchli Yevropa urushining borishi va xarakteriga shubha yoʻq… u soʻzning toʻliq maʼnosida birinchi jahon urushiga aylanadi“[3], — deb taʼkidladi. Ingliz tilida „Birinchi jahon urushi“ atamasi podpolkovnik Charles à Court Repington tomonidan uning xotiralari sarlavhasi sifatida (1920-yilda nashr etilgan) yozilgan kundalikda ishlatilgan, u 1918-yil 10-sentyabrdagi kundalik yozuvida Harvard universitetining mayor Johnstone bilan bu boradagi muhokamasini qayd etgan edi[4].

„Birinchi jahon urushi“ atamasi Time jurnali tomonidan 1939-yil 12-iyun sonining 28b sahifasida kiritilgan. Xuddi shu maqolaning 32-betida „Jahon urushi II“ birinchi boʻlib yaqinlashib kelayotgan urushni tasvirlash uchun spekulyativ ravishda ishlatilgan. Haqiqiy urushni ifodalash uchun bu atama birinchi marta 1939-yil 11-sentyabrdagi sonida foydalanilgan. Bir hafta oldin, 4-sentyabrda, Fransiya va Buyuk Britaniya Germaniyaga urush eʼlon qilganidan bir kun oʻtib, Daniyaning Kristeligt Dagblad gazetasi birinchi sahifasida „Ikkinchi jahon urushi kecha ertalab soat 11:00 da boshlandi“[5] deb yozgan edi.

Spekulyativ fantastika mualliflari Ikkinchi jahon urushi konsepsiyasini 1919- va 1920-yillarda Milo Hastings oʻzining "City of Endless Night" distopik romanini yozganida qayd etishgan.

Boshqa tillar ham „jahon urushi“ terminologiyasini qabul qilgan, masalan; fransuz tilida: „jahon urushi“ guerre mondiale deb tarjima qilingan, nemis tilida: Weltkrieg (Urushdan oldin, global mojaroning mavhum maʼnosida ishlatilgan), italyancha: guerra mondiale, ispan hamda portugal tillarida: guerra mundial, dan hamda norveg tillarida: verdenskrig, rus tilida: мировая война (mirovaya voyna) va fin tilida: maailmansota.

Birinchi jahon urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi jahon urushi 1914-yildan 1918-yilgacha boʻlgan. Insoniyatning texnologik tarixi nuqtai nazaridan, jahon urushi koʻlamining kengayishiga ikkinchi sanoat inqilobining texnologik yutuqlari, global quvvatni prognozlash va harbiy texnikani ommaviy ishlab chiqarish imkonini beradigan globallashuv yordam berdi. Qarama-qarshi harbiy ittifoqlarning murakkab tizimi (Germaniya va Avstriya-Vengriya imperiyalari Britaniya, Rossiya va Fransiya imperiyalariga qarshi) urush boshlansa, butun dunyo boʻylab mojaroga olib kelishi mumkinligi eʼtirof etilgan edi. Bu ikki davlat oʻrtasidagi juda kichik toʻqnashuv jahon urushini keltirib chiqardi. Urushda ishtirok etgan kuchlarning yirik xorijdagi imperiyalari boʻlganligi, bunday urush butun dunyo boʻylab boʻlishini deyarli kafolatlardi, chunki mustamlakalarning resurslari urushda hal qiluvchi strategik omil boʻladi. Xuddi shu strategik mulohazalar, jangchilarning bir-birining koloniyalariga zarba berishini taʼminladi va shu tariqa urushlar Pre-Kolumbiya davrigacha boʻlgan paytlarga qaraganda ancha kengroq tarqaldi.

Birinchi jahon urushida harbiy jinoyatlari sodir etilgan. 1889- va 1907-yillardagi Gaaga konvensiyalarida urushda kimyoviy qurollardan foydalanish taqiqlanganiga qaramay, Birinchi jahon urushida bunday qurollar ishlatilgan. Usmonli imperiyasi Birinchi jahon urushi paytida arman genotsidi uchun aybdor boʻlgan.

Ikkinchi jahon urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushi 1939-yildan 1945-yilgacha boʻlgan va yadro quroli qoʻllanilgan yagona toʻqnashuvdir; Yaponiya imperiyasidagi Xirosima ham, Nagasaki ham Qoʻshma Shtatlar tomonidan tashlangan atom bombalari tufayli vayron boʻlgan. Adolf Hitler boshchiligidagi Germaniya fashistlari genotsidlar uchun aybdor boʻlgan, xususan, Holokostdagi, taxminan 6.000.000 yahudiy va 11.000.000 boshqa din vakillari natsistlar tomonidan taʼqib qilingan, shu jumladan, Roman xalqi va gomoseksuallarning oʻldirilishi ham fashistlar tomonidan amalga oshirilgan edi[6]. Qoʻshma Shtatlar, Sovet Ittifoqi va Kanada nemislarning ozchilik guruhlarini oʻz chegaralarida deportatsiya qildilar, mojaro tufayli koʻplab etnik nemislar keyinchalik Sharqiy Yevropadan ham chiqarib yuborildi. Yaponiya Pyorl Harborga kabi neytral davlatlarga urush eʼlon qilmasdan hujum qilgan edi. U, shuningdek, ittifoqdosh harbiy asirlarga va Osiyo aholisiga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlishi va oʻldirishi bilan mashhurlikka erishgan. Shuningdek, Yaponiya osiyoliklarni majburiy mehnat uchun ishlatgan va 250 000 tinch aholi yapon qoʻshinlari tomonidan Nanking qirgʻinida shafqatsizlarcha oʻldirilgan.

Urush natijalari jahon tarixiga katta taʼsir koʻrsatdi. Qadimgi Yevropa imperiyalari toʻgʻridan-toʻgʻri urushlarning keltirgan harajatlari natijasida qulagan yoki parchalanib ketgan, baʼzi hollarda esa ularning qulashiga imperator kuchlarining magʻlubiyati sabab boʻlgan. Qoʻshma Shtatlar oʻzining mafkuraviy dushmani Sovet Ittifoqi bilan raqobatda hukmron global super kuch sifatida mustahkam oʻrnashdi. Ikki qudratli davlat Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin oʻnlab yillar davomida dunyodagi aksariyat milliy davlatlarga siyosiy taʼsir oʻtkazdi. Bu yerlardagi zamonaviy xalqaro xavfsizlik, iqtisodiy va diplomatik tizim urushlar natijasida yaratilgan[7].

Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi institutlar xalqaro munosabatlarni kollektivlashtirish uchun tashkil etilgan boʻlib, ularning aniq maqsadi yana bir umumiy urush boshlanishining oldini olishdir. Urushlar kundalik hayotni ham tubdan oʻzgartirdi. Urush paytida ishlab chiqilgan texnologiyalar tinch hayotga ham katta taʼsir koʻrsatdi, masalan, reaktiv samolyotlar, penitsillinlar, atom energiyasi va elektron kompyuterlarning rivojlanishi.

Potentsial Uchinchi jahon urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushi davrida Xirosima va Nagasaki atom bombasi portlatilgandan beri yadroviy qurolli kuchlar oʻrtasida potentsial Uchinchi jahon urushidan qoʻrqish keng tarqalgan va uzoq davom etgan. Koʻpincha u yadroviy urushga aylanadi, shuningdek, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlaridan koʻra koʻproq halokatli va zoʻravonroq boʻladi deb taxmin qilingan. Albert Einstein 1947-yilda shunday degan edi: „Men Uchinchi jahon urushida qanday qurollar bilan jang qilinishini bilmayman, lekin Toʻtrinchi jahon urushida tayoq va toshlar bilan jang qilinadi“[8][9][10][11].

Turli sobiq hukumat amaldorlari, siyosatchilar, mualliflar va harbiy rahbarlar (jumladan, James Woolsey[12], Alexandre de Marenches[13], Eliot Cohen[14] va Subcomandante Marcos[15]) Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin boʻlgan oʻtmishdagi turli urushlarga va hozirgi global urushlarga, masalan, Sovuq urush va terrorga qarshi urushga „Uchinchi jahon urushi“ va „Toʻrtinchi jahon urushi“ nomlarini qoʻllashgan. Biroq, urushlarning hech biri odatda jahon urushi darajasida deb hisoblanmagan.

XXI asr boshlarida Afgʻonistondagi urush (2001–2021), arab bahori (2010—2012), Suriya fuqarolar urushi (2011-hozirgi kun), Iroqdagi urush (2013—2017), Rossiya-Ukraina urushi (2014-hozirgi), Yaman fuqarolar urushi (2014-hozirgi), 2022-yilgi Qozogʻiston tartibsizliklari va ularning dunyo boʻylab tarqalishi baʼzan AQSh hamda Rossiya tomonidan olib borilgan vakillik urushlari sifatida tasvirlanadi[16][17][18][19][20].

Boshqa global mojarolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baʼzi tarixchilar tomonidan „Nolinchi jahon urushi“ deb taʼriflangan urush ham uchraydi, bu soʻnggi bronza davrining qulashidir[21][22].

Tarixchilar Richard F. Hamilton va Holger H. Herwigning fikricha, shu vaqtgacha sakkizta jahon urushi boʻlgan. Garchi bu taxmin haqiqatdan uzoq boʻlsa-da, aytib oʻtilgan urushlar ichida Yetti yillik urushdan boshqa urushlarni: Toʻqqiz yillik urush, undan keyin Ispaniya vorisligi urushi, Avstriya vorisligi urushi, Napoleon urushlari, Birinchi jahon urushi va Ikkinchi jahon urushi — rasman jahon urushi deb atasa boʻladi[23].

Boshqa bu nomga arziydigan misol Ikkinchi Kongo urushidir (1998—2003), u toʻqqizta davlatni qamrab olgan va rasmiy tinchlik hamda 2006-yilda oʻtkazilgan birinchi demokratik saylovlarga qaramay davom etayotgan past intensivlikdagi urushlarga olib keldi. Urush faqat bir qitʼada olib borilgan boʻlsa ham, koʻpincha „Afrikaning jahon urushi“ deb nomlanadi[24].

Hodisa Qurbonlar sonining eng past koʻrsatkichi Qurbonlar sonining eng yuqori koʻrsatkichi Joylashuv qachondan qachongacha Davomiylik (yillar)
NineYearsWar.png
Toʻqqiz yillik urush[25][26][27]
680,000 Yevropa, Irlandiya, Shotlandiya, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Osiyo 1688 1697 9
WaroftheSpanishSuccession.png
Ispaniya vorisligi uchun urush[26]
700,000[28] 1,251,000[29] Yevropa, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika 1701 1714 13
WaroftheAustrianSuccession.png
Avstriya vorisligi uchun urush[30]
359,000 Yevropa, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Hindiston 1740 1748 8
SevenYearsWar.png
Yetti yillik urush[31][32]
992,000 1,500,000[33] Yevropa, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo 1754 1763 9
AmericanRevolutionaryWar.png
Amerika inqilobiy urushi[34]
217,000 262,000 Shimoliy Amerika, Gibraltar, Balear orollari, Hindiston, Afrika, Karib dengizi, Atlantika okeani, Hind okeani 1775 1783 8
FrenchRevolutionaryWars.png
Fransiya inqilobiy urushlari[23]
663,000 Yevropa, Misr, Oʻrta Sharq, Atlantika okeani, Karib dengizi, Hind okeani 1792 1802 9
NapoleonicWars.png
Napoleon urushlari[31][35]
1,800,000 7,000,000 Yevropa, Atlantika okeani, Oʻrta dengiz, Shimoliy dengiz, Río de la Plata, Fransiya Gvianasi, Vest Indiya, Hind okeani, Shimoliy Amerika, Shimoliy Kavkazorti 1803 1815 13
WWI-re.png
Birinchi jahon urushi
15,000,000[36] 65,000,000[37] Global 1914 1918 4
Map of participants in World War II.svg
Ikkinchi jahon urushi
40,000,000[38] 85,000,000 Global 1939 1945 6
Cold War alliances mid-1975.svg
Sovuq urush
Global 1947 1991 44
Battlefields in The Global War on Terror.svg
Terrorga qarshi urush
272,000[39] 1,260,000

[39]
Global 2001 hozir 21

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Webster. „World War“. Merriam-Webster.com. 2019-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-noyabr.
  2. Engels. „Introduction to Borkheim“. 2018-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-mart.
  3. Shapiro & Epstein 2006.
  4. Proffitt, Michael. „Chief Editor's notes June 2014“. Oxford English Dictionary's blog (2014-yil 13-iyun). 2022-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-aprel.
  5. "Den anden Verdenskrig udbrød i Gaar Middags Kl. 11", Kristeligt Dagblad, September 4, 1939, Extra edition.
  6. „Documenting Numbers of Victims of the Holocaust and Nazi Persecution“ (en). encyclopedia.ushmm.org. 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-sentyabr.
  7. „World War“. 2019-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-noyabr.
  8. Calaprice, Alice. The new quotable Einstein. Princeton University Press, 2005 — 173 bet. ISBN 978-0-691-12075-1. 
  9. „The culture of Einstein“. NBC News (2005-yil 19-aprel). 2013-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-avgust.
  10. „24 Jun 1948, Page 4 - The Berkshire Eagle at Newspapers.com“ (en). Newspapers.com. 2022-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
  11. „Did Albert Einstein Say World War IV Will be Fought 'With Sticks and Stones'?“ (en-US). Snopes.com. 2022-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
  12. „World War IV“ (2002). 2008-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-fevral. Woolsey claims victory in WWIII, start of WWIV
  13. Andelman, Professor David. The Fourth World War: Diplomacy and Espionage , 1992. ISBN 0688092187. Book regarding alleged WWIV
  14. „World War IV: Let's call this conflict what it is.“ (2001). 2010-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-fevral. Why war on terrorism should be called WWIV
  15. Subcomandante Marcos (2001). "The Fourth World War Has Begun". Nepantla: Views from South 2 (3): 559–572. Archived from the original on 29 October 2014. https://web.archive.org/web/20141029232312/http://muse.jhu.edu/login?auth=0&type=summary&url=%2Fjournals%2Fnep%2Fv002%2F2.3marcos.html. Qaraldi: 20 October 2014. Jahon urushi]]
  16. Anne Barnard and Karen Shoumali. „U.S. Weaponry Is Turning Syria Into Proxy War With Russia“. The New York Times (2015-yil 12-oktyabr). 2015-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-oktyabr.
  17. Martin Pengelly. „John McCain says US is engaged in proxy war with Russia in Syria“. The Guardian (2015-yil 4-oktyabr). 2015-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  18. Holly Yan and Mark Morgenstein. „U.S., Russia escalate involvement in Syria“. CNN (2015-yil 13-oktyabr). 2015-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  19. Taub, Amanda. „"The Russians have made a serious mistake": how Putin's Syria gambit will backfire“. Vox (2015-yil 1-oktyabr). 2015-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  20. „Untangling the Overlapping Conflicts in the Syrian War“. The New York Times (2015-yil 18-oktyabr). 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-oktyabr.
  21. „World War Zero brought down mystery civilisation of 'sea people'“. New Scientist. 2018-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-aprel.
  22. „Why the first world war wasn't really“. The Economist (2014-yil 1-iyul). 2018-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-may.
  23. 23,0 23,1 Hamilton, Richard F. „Chapter 1: World Wars: Definition and Causes“,. The Origins of World War I Richard F. Hamilton: . Cambridge University Press, 24 February 2003 — 4–9 bet. ISBN 978-1-107-39386-8. 
  24. Prunier, Gerard. Africa's World War: Congo, the Rwandan Genocide, and the Making of a Continental Catastrophe. Barnes & Noble, 2014. ISBN 9780195374209. 2014-yil 20-oktyabrda qaraldi. 
  25. John Charles Roger Childs. The Nine Years' War and the British Army, 1688-1697: The Operations in the Low Countries. Manchester University Press, 1991 — 5 bet. ISBN 978-0-7190-3461-9. OCLC 1166971747. 2022-yil 21-yanvarda qaraldi. 
  26. 26,0 26,1 Eliot A. Cohen. Conquered Into Liberty: Two Centuries of Battles Along the Great Warpath that Made the American Way of War. Simon and Schuster, 13 November 2012 — 339 bet. ISBN 978-1-4516-2411-3. 2022-yil 21-yanvarda qaraldi. 
  27. Alexander Gillespie. The Causes of War: Volume IV: 1650 - 1800. Bloomsbury Publishing, 14 January 2021 — 452 bet. ISBN 978-1-5099-1218-6. OCLC 1232140043. 2022-yil 21-yanvarda qaraldi. 
  28. Urlanis, Boris Cezarevič. Wars and Population. Progress Publishing, 1971 — 187 bet. 
  29. Levy, Jack. War in the Modern Great Power System: 1495 to 1975. University of Kentucky, 2014 — 90 bet. ISBN 978-0813163659. 
  30. John A. Lynn. The Wars of Louis XIV 1667-1714. Routledge, 19 December 2013 — 261 bet. ISBN 978-1-317-89951-8. 2022-yil 21-yanvarda qaraldi. 
  31. 31,0 31,1 „WW1: Was it really the first world war?“. BBC News (2014-yil 28-iyun). 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  32. Hodgson, Quentin E (2001). "The First Global War". SAIS Review 21 (1): 291–294. doi:10.1353/sais.2001.0016. ISSN 1945-4724. Archived from the original on 2018-06-01. https://web.archive.org/web/20180601224625/http://muse.jhu.edu/article/30528#:~:text=The%20Seven%20Years'%20War%2Dknown,global%20war%20in%20modern%20history.. Qaraldi: 2022-01-20. Jahon urushi]]
  33. White, Matthew. The Great Big Book of Horrible Things: The Definitive Chronicle of History's 100 Worst Atrocities. W. W. Norton, 2012 — 529–530 bet. ISBN 978-0-393-08192-3. 
  34. The American Revolution: A World War David K. Allison: . Smithsonian Institution, 6 November 2018 — 16 bet. ISBN 978-1-58834-659-9. OCLC 1061862132. 2022-yil 21-yanvarda qaraldi. 
  35. „1812: The First World War“. Age of Revolution. 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  36. Willmott 2003, s. 307
  37. „Emerging Infectious Diseases journal - CDC“. www.cdc.gov. 2009-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-sentyabr.
  38. Wallechinsky, David. David Wallechinskys 20th Century: History With the Boring Parts Left Out. Little Brown, 1996-09-01. ISBN 978-0-316-92056-8. 
  39. 39,0 39,1 „Human costs of war: Direct war death in Afghanistan, Iraq and Pakistan October 2001 – February 2013“. Costs of War (2013-yil fevral). 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]