Napoleon urushlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Napoleon urushlari - Napoleon konsulligi (1790—1804) va imperatorligi (1804—14, 1815) davrida Fransiya olib borgan urushlar. Napoleon urushlari bosqinchilik harakterida boʻlgan. Fransiya Napoleon harbiy diktaturasi oʻrnatilgan vaqtda (1799) 1789—99 yillarda tuzilgan 2-antifransuz koalitsiya (Rossiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Turkiya, Neapol qirolligi va boshqalar) bilan urush holatida edi. 1800 yil Rossiya ittifoqchilar bilan kelisha olmay koalitsiyadan chiqqan. Natijada 2-koalitsiya rasman oʻz faoliyatini tugatgan. Faqat Buyuk Britaniya urushni davom ettirgan. 1805 yil 3-antifransuz koalitsiyasi (Buyuk Britaniya, Avstriya, Shvetsiya, Rossiya) tashkil topgan. Shu yili ingliz floti admiral Nelson rahbarligida birlashgan ispan-fransuz flotini tormor qilgan. Biroq Napoleon quruklikda katta muvaffaqiyatga erishgan. U Austerlits yaqinidagi jangda (1805 yil 2 dek.) Rossiya-Avstriya qoʻshinlarini ogʻir talafotga uchratdi. Avstriya Fransiya bilan sulh tuzishga majbur boʻlgan (1805 yil 26 dek.). Rossiya va Buyuk Britaniya, Prussiya bilan Shvetsiya qoʻshilib 4-antifransuz koalitsiyasi vujudga kelgan (1806 yil sentabr). 1806 yil okt.da Prussiya fransuz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. 1807 yil iyunda Napoleon I Fridland ostonasida rus qoʻshinlarini yenggan. 1809 yil Buyuk Britaniya bilan yana ittifoq tuzgan (5-antifransuz koalitsiyasi) Avstriya qushinlarini tor-mor keltirgan. Napoleon imperiyasiga xal qiluvchi zarba Rossiyada berilgan. M. I. Kutuzov qoʻmondonligida rus armiyasining kurashi natijasida Napoleonning "Buyuk armiyasi" magʻlub boʻlgan. Rossiyadan chekinayotgan fransuzlarga qarshi Yevropa mamlakatlarida ozodlik urushi boshlanib ketgan. 1813 yil fevralda Prussiya Rossiya bilan ittifoqtuzgan. Bu ittifoq 6-antifransuz koalitsiya (Rossiya, Buyuk Britaniya, Prussiya, Shvetsiya, Avstriya va boshqalar)ning tashkil topishiga asos boʻlgan. Shu yili Leypsig jangida Germaniya ozod qilindi. 1814 yil mart oxirida ittifoqchilar armiyasi Parijni ishgʻol qilgan. Aprelda Napoleon 1 taxtdan voz kechishga majbur boʻlgan (6 aprel) va u Elba o.ga surgun qilingan. 1815 yil 1 martda Napoleon I 1000 kishilik otryad bilan oroldan chiqib Parijga yurish qilgan va 20 martda qayta taxtga oʻtirgan. Lekin, Yevropa davlatlari uni tan olmaganlar. 25 martda Rossiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya oʻrtasida Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoq (7-anti-fransuz koalitsiyasi) tuzilgan. 18 iyunda Napoleon armiyasi Vaterloo jangida ingliz-pruss qoʻshinlari tomonidan tor-mor keltirilgan. 22 iyunda Napoleon taxtdan voz kechgan. 1815 yil 20 noyabrda ittifoqchilar bilan Fransiya oʻrtasida Parij sulh shartnomasi im-zolanib, unga koʻra Burbonlar hokimi-yati yana qayta tiklangan.

Shodmonqul Pirimqulov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil