Betaraflik
Betaraflik, neytralitet (nemischa: Neutralität, lotincha: neuter—u ham, bu ham emas) — davlatning urushda va harbiysiyosiy ittifoqlarda qatnashmaslik siyosati va oʻziga xos huquqiy maqomi. Betaraflikning quyidagi turlari mavjud: eventual Betaraflik (urush vaqtida)—davlatning bironbir urushda qatnashmasligi; doimiy Betaraflik (Shveysariya, 1825-yil va Avstriya va Turkmaniston, 1955-yildan)—davlatning hech qachon urushni keltirib chiqaruvchi siyosat olib bormasligi; shartnomaviy Betaraflik; anʼanaviy Betaraflik; ijobiy Betaraflik—Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda rivojlanayotgan mustaqil davlatlarning harbiy va siyosiy ittifoqlarga qoʻshilmaslik siyosati. Bironbir davlatga harbiy hujum qilingan holatda ular BMT Ustaviga muvofiq yakka yoki jamoa boʻlib, oʻzini himoya qilish huquqiga ega.
O'zbekiston 2012-yilda o'zining "Tashqi siyosat konsepsiyasi"ni qabul qilishi bilan rasmiy betaraflik maqomini o'zi uchun qabul qilib oldi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |