Gaaga konvensiyalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaaga konvensiyalari - 1) Gaaga shaharida oʻtkazilgan 1- va 2- tinchlik konferensiyalarida (1899 va 1907) urush olib borish qonun-qoidalari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyalar. 1-Gaaga konferensiyasida (1899) Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Skandinaviya mamlakatlari, jami 27 davlat vakillari qatnashib, jumladan xalqaro nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, urush paytida tinch aholini himoya qilishga, harbiy asirlar, yaradorlar va bemorlarni joylashtirishga oid qoidalar ishlab chiqilgan. 2-Gaaga konferensiyasida (1907) 44 davlat vakillari betaraf davlatlarning burch va huquqlari, harbiy harakatlarni boshlash va urushda dengiz kuchlari tomonidan dushman hududini bombardimon qilish tartiblari, zaharlaydigan gazlarni ishlatmaslik va b. toʻgʻrisida kelishib olingan; 2) harbiy toʻqnashuv roʻy bergan holatda madaniy boyliklarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi 1954-yil konvensiyasi; 3) xalqaro xususiy huquq boʻyicha 1902—05, 1954, 1955, 1956, 1961-yillarda tuzilgan va b.konvensiyalar.

Yana qara[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil