Fotima

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fotima (taxminan 605/606, Makka 632/633, Madina) — Muhammad (sav)ning kenja qizi. Fotimaga eʼtiqod qilish shialar oʻrtasida keng tarqalgan. Shia imomlar va musulmon mamlakatlaridagi koʻpchilik sulolalar (idrisiylar, fotimiylar, saʼdiylar va boshqalar), shuningdek, barcha sayyidlgr Fotima va uning eri Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi. Fotima goʻzal boʻlgani uchun nomiga Zahro ismi ham qoʻshib aytiladi. Fotimaning 5 farzandi: 3 oʻgʻil (Hasan, Husayn, Muhsin) va 2 qizi (Ummi Gulsum va Zaynab) boʻlgan. Muhammad (sav) vafotidan olti oydan soʻng F. olamdan oʻtgan. Madinaga borgan shia ayollar F. qabrini ziyorat qiladi.[1]

Manbalar[tahrir]