Oysha
Oysha binti Abu Bakr (arabcha: عائشة; 613/614[1][2]—678[3]) — Muhammad S.A.V ning xotini, birinchi xalifa Abu Bakrning qizi. Laqabi Siddiqa, unvoni Ummun-moʻminun (Moʻminlar onasi)dir. Muhammad vafotidan keyin Oysha xalifalik hokimiyatiga nomzodlar oʻrtasidagi munozaralarda paygʻambarning safdoshlari Talha va Zubayr tomonida turib, Ali tarafdorlariga qarshi chiqqan. Oysha Muhammad S.A.V umrining oxirigacha u kishi bilan birga yashagani tufayli juda koʻp hadislarning roviysi hisoblanadi. Sahobalar baʼzi oilaviy munosabatlarga doir murakkab masalalarni undan soʻrab bilib olar edilar. Xalifalar — Abu Bakr, Umar va Usmon zamonlarida fatvolar ham bergan. Oysha tafsir, hadis, fiqhni mukammal bilgan, arab tili va adabiyotidan yaxshi xabardor boʻlgan. Madinadagi Baqiy qabristoniga dafn qilingan.[4]
Muhammad S.A.V bilan turmushi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sahihi Buxoriy va Sahihi Muslim hadislariga binoan, Oysha 6 yoshida 47 yoshli Muhammadga nikohlangan;[5][6][7] uch yil keyin, 9 yoshida Muhammad bilan chimildiqqa kirgan.[6][8] .[9]
Ayrim yozuvchilar fikricha, bu hadislar soxta boʻlib, Oysha aslida kamida 14 yoshida Muhammadga nikohlantirilgan.[10]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Abbott, Nabia. Aishah The Beloved of Muhammad. University of Chicago Press, 1942 — 1 bet.
- ↑ Muhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 55. London: Ta-Ha Publishers. "Aisha was born at the beginning of the fourth year of prophethood," i.e., the year 604 C.E.
- ↑ "ʻA’isha was eighteen years of age at the time when the Holy Prophet (peace and blessings of Allah be upon him) died and she remained a widow for forty-eight years till she died at the age of sixty-seven. She saw the rules of four caliphs in her lifetime. She died in Ramadan 58 AH during the caliphate of Muʻawiya…" (Source: Sunan Nasa'i: English translation with Arabic text, compiled by Imam Abu Abd-ur-Rahman Ahmad Nasa'i, rendered into English by Muhammad Iqbal Siddiqui [Lahore: Kazi Publications; first edition, 1994], Volume 1, p. 108)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Sahih-i Buhari - 5.Kitap
- ↑ 6,0 6,1 „Саййида Оиша бинти Абу Бакр розияллоҳу анҳо: никоҳ ва ҳижрат“. Muslimaat.uz (9 mart). Qaraldi: 17-sentyabr 2013. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „Sahih Muslim: Book 008, Number 3309“. 30-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-sentabr 2013-yil.
- ↑ „Sahih Muslim: Book 008, Number 3311“. 30-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-sentabr 2013-yil.
- ↑ „Sahihi Buxoriy: Volume 8, Book 73, Number 151“. — „The playing with the dolls and similar images is forbidden, but it was allowed for 'Aisha at that time, as she was a little girl, not yet reached the age of puberty.“. 13-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-sentyabr 2013.
- ↑ David Liepert. „Rejecting the Myth of Sanctioned Child Marriage in Islam“. The Huffington Post.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|