Vasiliy Bartold

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bartold Vasiliy Vladimirovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Vasiliy Bartold

Vasiliy Vladimirovich Bartold (1869.3(15).11Peterburg1930.19.8) — sharqshunos. Rossiya FAning akademik (1913). Peterburg universiteti sharq tillari fakultetini tamomlagan (1891). Bartold Oʻrta Osiyoga birinchi marta 1893 yilda kelgan. Keyinchalik bir necha bor Toshkentda boʻlgan. Toshkentdagi Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tashkilotchilaridan biri. U Fanlar akademiyasi sharqshunoslar kollegiyasining doimiy raisi, Turkiston xalq universitetining faxriy aʼzosi (1918), Turkshunoslik qoʻmitasining rahbari (1928–30). Moddiy madaniyat tarixi Davlat akademiyasi raisi oʻrinbosari, "Eron" ilmiy jurnalning muharriri. Bartold Yaqin, Oʻrta Sharq, ayniqsa Oʻrta Osiyo va Arab xalifaligi, islom tarixi, turkiy xalqlar tarixi, filol. va etnografiyasi, Afgʻonistan, Eron, Zakavkazye va qisman Xitoy tarixiga ona asarlar yozgan. Nashr qilingan 685 asaridan 320 tasi Oʻrta Osiyo tarixiga bagʻishlangan. Bartold Shoʻro Sharqidagi xalqlarniig alifbosini arabchadan lotinchaga oʻtkazishda faol qatnashdi. Uning koʻpgina asarlari oʻzbek, tatar, qirgʻiz, turk, fors, arab, ingliz, nemis va fransuz tillarida nashr qilingan. "Islom ensiklopediyasi"da 246 maqolasi bilan qatnashgan. Bartold Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi, etn.si va psixologiyasini chuqur oʻrgangan olim boʻlsada, Turkiston xalqi madaniyatini obʼyektiv va haqqoniy baholay olmadi, maʼlum darajada uni kamsitdi. Bu uning "Ulugʻbek va uning davri" asarida aniq seziladi. Chunki Bartold chor Rossiyasi mustamlakachiligining ideologi edi, u yevropaliklarning osiyoliklardan ustunligi gʻoyasini olgʻa surdi va shu ustunlikni ilmiy va mafkuraviy jihatdan asoslashga xizmat qildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  • Sochineniya, t. 1-9, M., 1963 - 1977. Ashraf Ahmedov.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil