Kushoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kushoniya — Zarafshon daryosining oʻrta oqimida boʻlgan qad. viloyat va uning markaziy shahri nomi. Xitoy solnomalarida Fumo (Fumo-Chan) yoki Xe deb atalgan. K. viloyatining sharqiy chegarasi Sao viloyati (Oqdaryo shim. dagi yerdar) ga tegishli hududgacha 150 li (52 km), jan.-sharqiy chegarasi Kan (Samarqand) hududigacha 100 li (35 km), gʻarbiy chegarasi An (Buxoro) hududigacha 300 li (105 km) boʻlgan. Uning hududi aylanasi esa 1400 li (450 km) ga yaqin masofani tashkil qilgan. Miloddan avvalgi 2— milodiy 1-asrlargacha K. viloyati Qangʻ davlati tarkibiga kirgan, soʻng kushonlar sulolasi va eftaliylarta tobe boʻlgan, milodiy 6-asr oxiri — 7-asr 1-yarmida esa Sugʻd ixshidita itoat etgan.

Mazkur viloyatning markaziy shahri K. hozirgi Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahri yaqinida, Nami (Zarafshon) daryosidan bir necha km jan.roqda boʻlgan. U Sugʻdning eng obod shaharlaridan biri va Samarqand yuksalguniga qadar Zarafshon vohasining madaniy markazi edi. Uning aholisi Sugʻddagi qolgan barcha viloyatlar aholisidan ham badavlatroq boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, K. hokimining taxti oltindan yasalgan, uning saroyi devorlariga Oʻrta Osiyo, Eron, Hindiston, Xitoy va Rim hukmdorlari suratlari chizib qoʻyilgan. V. V. Bartoldnnng fikricha, birgiva bino devorlarida mahalliy hamda chet el hukmdorlarining suratlari mavjud boʻlgan bunday shahar jahonning hech qaysi mamlakatida boʻlmagan. Bu esa K.ning koʻplab xorijiy davlatlar va ularning xalqlari bilan yaqin aloqada boʻlganligini koʻrsatadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Bartold V. V., Sochineniya, t. 2, ch.1, M., 1963; Shoniyozov K., Qangʻ davlati va qangʻlilar, T., 1990.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil