Maqola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Maqola —publitsistik janr. M.da ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, il-gor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh M., nazariy va targʻibot M., muammoli M. keng qoʻllanadi. Bosh M. (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan M.) tahririyatning eng masʼuliyatli M.si boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday M. muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh M.da ochib beriladi. Nazariy M. va targʻibot M.ning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy M.ning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli M. munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi.

Oʻzbekistonda M. janri tarixi, asosan, "Turkiston viloyatining gazeti" bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Ab-dulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz M.lari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida M.ning hamma turlarida materiallar berib boriladi.

M. istilohi keng maʼnoda gaz., jur., radio, televideniye, shuningdek, toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi.

Ad.h Muhamadiyev R., Publitsistika janrlari, T., 1965; Abduazizova N ., Oʻzbekiston jurnalistikasi tarixi, T., 2002.

Nazira Abduazizova.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil