Inchxon
Inchxon 인천광역시 仁川廣域市 | |
---|---|
viloyat ahamiyatiga ega shahar | |
![]() | |
37°27′50″N 126°38′55″E / 37.46389°N 126.64861°E G OKoordinatalari: 37°27′50″N 126°38′55″E / 37.46389°N 126.64861°E G O | |
Mamlakat | Koreya Respublikasi |
Tuman | Sudokvon |
Hukumat | |
• Mer | Pak Nam Chun |
Asos solingan | 1883 |
Maydon | 96,453 km2 (37,241 mi²) |
Markazi balandligi | 250 m |
Rasmiy til(lar)i | korescha |
Aholisi (2015) |
2 978 367 |
Zichligi | 2689 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9 |
Telefon kodi | +82 32 |
|
Inchxon(kor. 인천광역시?, 仁川廣域市?,qadim Chumulpo(kor. 제물포시?, 濟物浦市?)-Koreya Respublikasidagi shahar va yirik port.Inchxon aholi soni bo'yicha Koreyada Seul va Pusan shaharlaridan keyin ikkinchi o'rinni band qiladi.Inchxon mamlakatning eng muhim transport markazidir, chunki shahar yarimorolning g'arbiy qirg'og'ida eng katta portga ega, shuningdek, mamlakatning eng katta aeroporti ham Inchxonda jpylashgan.XXI asrda shahar xalqaro biznes markaziga aylandi, u mamlakatning eng baland binolaridan biri bo'lgan Shimoliy-Sharqiy Osiyo savdo binosi joylashgan New Songdo City futuristik yuqori texnologiyali loyihasi markaziga aylandi.(305m) Hang daryosining og'zida joylashganligi sababli Inchxon porti Pusan portidan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Port 1883-yilda Chemulpoxo ((koreyscha: 제물포 nomi bilan) nomi ostida tashkil etilgan va qadimgi transkripsiya Chemulpo nomi bilan atalgan bo'lib, aholisi bor-yo'g'i 4700 kishini tashkil qilgan.Hozir bu 2,5 milliondan ortiq aholiga ega, jadal rivojlanayotgan shahar. Shuningdek, Inchxon xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun erkin iqtisodiy zona (EIZ) maqomiga ega. Hammasi bo'lib Koreyada ikkita EIZ bor (ikkinchi Pusan-Jinghe). Inchxon ko'pincha "Koreya poytaxti eshiklari" deb nomlanadi va Buyuk Seulning bir qismi hisoblanadi. Seul va Inchxon metrosi o'zaro bog'liq.Lekin, Inchxon mustaqil ma'muriy-hududiy birlik bo'lib, Koreyaning eng muhim shaharlaridan biridir.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shahar joylashgan joyda aholi punktlari neolit davriga borib taqaladi.Inchxon IV asrning oxiridan boshlab va o'rta asrlarda Koreyaning eng muhim savdo markazlaridan biri bo'lgan.Tashqi savdo uchun ochiq bo'lgan (XIX asr oxiri) Koreyaning birinchi portlaridan biri.Yapon istilosi davrida Jinsen Дзинсэн (yaponcha: 仁川 ) deb nomlangan.1981 yil 1 iyulda Inchxon to'g'ridan-to'g'ri davlatga bo'ysunadigan shahar (hozirgi poytaxt shahar) maqomini olgunga qadar Gyeonggi provintsiyasining bir qismi edi.1950-yilda Koreyadagi urush paytida bu yerda Inchxonga qo'nish operatsiyasi o'tkazilgan.
Ma'muriy bo'linish[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Pupxyongu (부평구; 富平區)
- Tongu (동구; 東區)
- Keyangu (계양구; 桂陽區)
- Chungu (중구; 中區)
- Namdongu (남동구; 南洞區)
- Sogu (서구; 西區)
- Yonsugu (연수구; 延壽區)
- Kanxvagun (강화군; 江華郡)
- Onjingun (옹진군; 甕津郡)
Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
XXI asr boshida - bu 2,5 million aholiga ega bo'lgan ulkan port shahri, rivojlangan muhandislik, kemasozlik, po'lat, neftni qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika, to'qimachilik, un ishlab chiqarish sanoatiga ega kuchli sanoat markaziga aylandi.Shuningdek, shaharda choyshab,chinni va fayans mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlangan. Katta IESlar mavjud.
Erkin iqtisodiy zona[tahrir | manbasini tahrirlash]
Inchxon erkin iqtisodiy zonasi uch qismdan iborat.[1]Bular Nyu-Sondo-Siti(koreyscha: 송도신도시),CHxonna(koreyscha: 청라) va Yondjon(koreyscha: 영종).Zonaning umumiy maydoni 20 938 gektarni tashkil etadi.Incheon EIZ maqsadi - ushbu uchta joyni Shimoli-sharqiy Osiyodagi xalqaro savdo, logistika, dam olish va turizm markazlariga aylantirish. Ushbu EIZ hukumat tomonidan 2003-yil avgustda e'lon qilingan va Koreyada birinchi bo'lgan.
Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]
Inchxon Yunayted - Inchxonning futbol klubi. 2003-yilda tashkil etilgan. K-ligada - Janubiy Koreya futbolining yuqori divizionida o'ynaydi. 2014-yilda shaharda Osiyo o'yinlari bo'lib o'tgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Visit Korea: Destinations by Region — Incheon Landing Operation Memorial Hall Arxivlandi 2016-03-06 Wayback Machine saytida.(ingl.)
![]() |