Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2016

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2016 — XXXI Yozgi olimpiada oʻyinlari. Xalqaro olimpiada qoʻmitasining Kopengagen shahrida 2009-yil 2-oktabrda oʻtkazilgan 121-sessiyasida eʼlon qilingan.

Toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasi 2016-yilning 5—21 avgust kunlari 206 davlatdan kelgan 10 500 sportchini qabul qiladi. Musobaqalar 28 sport turida boʻlib oʻtadi. Musobaqalar shaharning 4 ta hududida — Barra, Marakana, Kopakabana, Deadoralarda — boʻlib oʻtadi.

Ovoz berish[tahrir]

Nomzodlar: Madrid (Ispaniya), Chikago (AQSH), Tokio (Yaponiya).

Shahar Davlat 1-raund 2-raund 3-raund
Rio-de-Janeyro Braziliya 26 46 66
Madrid Ispaniya 28 29 32
Tokio Yaponiya 22 20
Chikago AQSH 18

Olimpiada mashʼalasi[tahrir]

Olimpiada mashʼalasi Braziliyaning 26 shtati 300 ta shaharidan olib oʻtiladi. Mashʼala oʻz yurishini 2016-yilning 3-mayida Gretsiyaning Afina shahridan boshlab, 5-avgust kuni Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada oʻyinlari ochilish marosimiga yetkaziladi.

Ochilish marosimi[tahrir]

Asosiy maqola: Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2016 ochilish marosimi.

Ochilish marosimi 2016-yilning 5-avgust kuni mashhur „Marakana“ stadionida boʻlib oʻtdi.