Kontent qismiga oʻtish

Vasiliy Lomachenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasiliy Lomachenko

Lomachenko 2012-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Taxallusi/Laqabi
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 17-fevral 1988-yil (1988-02-17) (36 yosh)
Bilgorod-Dnistrovskiy, USSR, SSSR (Hozir Ukraina hududida)
Sport
Qaysi sport Boks
Murabbiy(lar)i Anatoliy Lomachenko

Vasiliy Anatolyevich Lomachenko (ukraincha: Василь Анатолійович Ломаченко; 1988-yil 17-fevralda tugʻilgan) — ukrainalik professional bokschi. Yengil vazn toifasining turli vaznlarida bir nechta jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. 2024-yilning may oyidan yengil vazn toifasida Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) chempioni hisoblanadi.

Lomachenko barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli havaskor bokschilaridan biri. Havaskor boksdagi faoliyati davomida 396 bahsda gʻalaba qozongan va 1 marta magʻlubiyatga uchragan. Magʻkubiyati uchun ikki marta qasos olishga muvaffaq boʻlgan[3]. Yengil va oʻrta vazn toifalarida bahslarda ishtirok etgan. 2007-yilgi jahon chempionatida kumush, 2008yilgi Yevropa chempionatida oltin, 2008 va 2012-yilgi olimpiya oʻyinlarida hamda 2009 va 2011yillardagi jahon chempionatlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan.

Lomachenko 2013-yilda professional boksda debyut qilgan. Dastlabki jangda tailandlik Saensak Muangsuringa qarshi ringga koʻtarilgan. Uchinchi jangidayoq WBO yoʻnalishi chempioniga aylangan.

Faoliyati davomida ommaviy axborot vositalari tomonidan bir nechta mukofotlarga loyiq koʻrilgan. The Ring va ESPN nashrlari Lomachenkoni 2013-yilda „Yil istiqboli“ deb atagan; CBS Sports esa 2016-yilda yilning eng yaxshi bokschisi deb eʼtirof etgan; HBO Sports 2016 va 2017-yilda yilning eng yaxshi bokschisi deb topgan[4]; Amerika Boks Yozuvchilari Assotsiatsiyasi (inglizcha: Boxing Writers Association of America) va The Ring nashri Vasiliyni 2017-yilda yilning eng yaxshi jangchisi deb eʼtirof etgan[5].

2024-yil may holatiga Lomashenko The Ring va ESPN nashrlari tarafidan eʼlon qilingan reytingga koʻra yengil vazn toifasida jahondagi eng yaxshi bokschi hisoblanadi[6][7]. Xalqaro Boks Reytinglar Kengashi (inglizcha: Transnational Boxing Rankings Board) va BoxRec tomonidan tuzilgan reytingda esa ikkinchi oʻrinda qayd etilgan[8][9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Vasiliy Lomachenko stops Jorge Linares to bolster pound-for-pound credentials" (Wayback Machine saytida 2019-07-14 sanasida arxivlangan). theguardian.com. 13 May 2018. Retrieved 14 July 2019.
  2. „Lomachenkoʻs Manager on Career, Future Big Fights“ (Wayback Machine saytida 2018-09-26 sanasida arxivlangan). lomachenko.com. 8 January 2014. Retrieved 26 September 2018.
  3. „Lomachenko determined to be great“. Espn.go.com. 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyun.
  4. "Lomanchenko Named Fighter of the Year by HBOʻs 'The Fight Gameʼ. BoxingScene. 30 December 2016. Retrieved 4 April 2017.
  5. „VASYL LOMACHENKO NAMED 2017 Ring Magazine Fighter of the Year“. The Ring (2017-yil 29-dekabr). 2017-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-dekabr.
  6. „Lightweight Ratings – The Ring“. The Ring. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  7. „Divisional rankings -- The best top 10 fighters per division“. ESPN. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  8. „Rankings – Transnational Boxing Rankings Board“. Transnational Boxing Rankings Board. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  9. „BoxRec: Lightweight Ratings“. BoxRec. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.