Foydalanuvchi:Abdulla/Bosh Sahifa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Buttons Uzbekistan.png
Har kim yoza oladigan
Ochiq Ensiklopediya

18-May 2021, Seshanba

Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni: 140 333
 

Tanlangan maqola
1992-yilda Yahudiylarning Ispaniyadan surgun qilinganini 500 yilligiga chiqarilgan 50,000 liralik xotira tangasi.

Usmonlilar imperiyasidagi yahudiylar tarixi — Usmonlilar imperiyasida istiqomat qilgan yahudiy xalqlarining tarixi. Tarix bilan yaqindan qiziqmaydigan odamlar koʻpincha ikkita notoʻgʻri fikr bilan kifoyatlanadilar: Birinchi fikrga koʻra, yahudiylar Turkiyaga 1492-yilda surgun qilinganlar. Ikkinchi fikrga koʻra esa turklar va yahudiylarning birinchi aloqasi 1453-yilda, Istanbul fathidan keyin amalga oshirilgan. Vizantiya imperiyasidagi yahudiylar tarixiga qaraydigan boʻlsak, yahudiylar miloddan avvalgi 4-asrda Onadoʻli hududiga kirib kelganlar, Usmonlilarning beylik davridan to imperiyaning qulashiga qadar va hatto imperiyadan keyingi Turkiya Respublikasi davrida ham ushbu hududlarda istiqomat qilishgan. Usmonlilar imperiyasining yuksalish davri 15-16-asrlar yahudiylarning oltin davri boʻlgan. Usmonlilar davlatiga ilk bosmaxonani olib kelgan yahudiylar davlat ishlarida ham faol qatnashgan va katta lavozimlarni egallashgan. 17-asrga toʻgʻri kelgan Usmonlilar imperiyasining turgʻunlik davrida Usmonli yahudiylari madaniy va iqtisodiy inqirozga yuz tutdilar. 18-asrda yuz bergan tanazzul davrida, yahudiylar Sabetay Sevi voqeasidan kelib chiqqan zarba bilan „passiv himoya psixoziga“ kirishdilar. Soʻnggi davlatning qulash davrida yahudiylarning madaniy darajasi shu qadar pasayib ketgan ediki, hatto chet tilini oʻrganish biryoqda tursin hatto dindan chiqib ketayotgandek tuyuldi. Ammo Usmonlilarning qaysi davrida boʻlsa boʻlsin, yahudiylar jamoasi usmonlilar tuprogʻida boshqa xristian davlatlardagilarga nisbatan ishonch va tinchlikda yashadilar.

(Davomi...)

Yaxshi maqola
Height comparison of notable statues + alabai.png

Olabay haykali — Turkmaniston poytaxti Ashxobodda boʻribosar (turkmancha: alabay) it zotiga oʻrnatilgan zarhal haykal. Itga oʻrnatilgan dunyodagi eng katta oltin yodgorlik. Yodgorlikning umumiy balandligi 15 metr boʻlib, it haykalining oʻzi 6 metr (baʼzi manbalarda 5,7 metr), tagkursisi balandligi esa 9 metrdir. Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning shaxsiy tashabbusi bilan haykaltarosh Sargart Babayev yaratgan. Haykal 2020-yilning 12-noyabrida prezident ishtirok etgan marosimda ochildi.

Haykal LED ekranli tagkursi ustida oʻrnatilgan boʻlib, shaharning davlat ishchilari uchun moʻljallangan tumanida, aylana yoʻl oʻrtasida joylashgan. Turkmaniston aholisining yirik qismi qashshoqlikda yashayotgan bir paytda, xususan, mamlakatda oziq-ovqat yetishmovchiligi yuzaga kelgani xabar qilinayotgan bir paytda itga zarhal haykal oʻrnatilgani tanqidga uchradi. Haykal uchun qancha mablagʻ sarflangani nomaʼlum.

(Davomi...)

Yangiliklar
Samia Suluhu Hassan in May 2017.jpg


Boshqa yangiliklar


Bilasizmi, ...
Lurie bolalar shifoxonasi



Tanlangan tasvir
Monumentvalley.jpg
AQShning Utah va Arizona shtatlari orasida joylashgan Monument vodiysi panoramasi.
Vikipediyalar
Turkiy Vikipediyalar
Qarindosh loyihalar

Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi: