Kontent qismiga oʻtish

UEFA Yevro 2024 finali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevro-2024 finali

Olympiastadion. Berlin
Turnir Yevro-2024
Sana 14-iyul, 2024-yil(2024-07-14)
Oʻyin oʻtkazilgan joy Olympiastadion, Berlin
2020
2028

Yevro-2024 finali – UEFA Yevro-2024 gʻoliblarini aniqlash uchun yaqinlashib kelayotgan futbol oʻyini. Oʻyin toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan UEFA Yevropa chempionatining 17- finali boʻlib, UEFAga aʼzo assotsiatsiyalarning erkaklar terma jamoalari Yevropa chempionlarini aniqlash uchun kurash olib boradi. Oʻyin 2024-yilning 14-iyul kuni Germaniyaning Berlin shahridagi „Olimpiastadion“ da boʻlib oʻtadi. Finalda yarim final gʻoliblari bahslashadi[1].

Final oʻtkazilish joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpiadaning ichki qismi

Final Germaniyaning Berlin shahrida Charlottenburg-Wilmersdorfdagi Olimpiastadion oʻyingohida boʻlib oʻtadi. 2018-yilning 27-sentabr kuni Shveytsariyaning Nyon shahrida turnir mezbonligi uchun oʻtkazilgan ovoz berishda Turkiyani magʻlub etganidan keyin 2024-yilgi turnir Germaniyada oʻtkazilishini eʼlon qildi[2][3]. Olimpiastadion oʻyingohi UEFA Ijroiya qoʻmitasi tomonidan 2022-yilning may oyida turnirning yakuniy joyi sifatida tanlandi. Final bahsidan tashqari guruh bosqichining uchta oʻyini, 1/8 final oʻyinining biri va 1/4 final oʻyinlari ham oʻtkazilishi maʼlum qilingan[4][5].

Olimpiastadion 1936-yilda Berlinda ochilgan. 1936-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun maxsus xizmat qilgan. Oʻyingoh Berlin shahriga tegishli. 1963-yildan beri Hertha BSC futbol klubining uy stadioni hisoblanadi. Germaniya terma jamoasi ham vaqti-vaqti bilan oʻz uy uchrashuvlarini ushbu oʻyingohda oʻtkazdi. Olimpiastadionda bir nechta muhim oʻyinlar oʻtkazilgan. 1974-yil va 2006-yilgi Jahon chempionati, Italiya va Fransiya oʻrtasidagi final oʻyinlari shular jumlasidan[6]. Olimpicstadion 1985-yildan buyon DFB-Pokal musobaqasining final oʻyinlarini oʻtkaziladigan joy. Oʻyingoh 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatini[7], 2015-yilgi "Barselona" va "Yuventus" oʻrtasidagi UEFA Chempionlar Ligasi finallarini oʻzida qabul qilgan[8].

Finalgacha yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi finalchi Bosqichlar Ikkinchi finalchi
Raqib Natija Guruh bosqichi Raqib Natija
1-oʻyin
2-oʻyin
3-oʻyin
Yakuniy holat
Raqib Natija Saralash bosqichi Raqib Natija
Nimchorak final
Chorak final
Yarim final


14-iyul, 2024-yil(2024-07-14)
21:00 CEST
49-oʻyin Gʻolibi 51-oʻyin 50-oʻyin Gʻolibi Olympiastadion, Berlin
Hisobot

O'yin qoidalari[9]

  • 90 daqiqa.
  • Agar kerak boʻlsa, 30 daqiqa qoʻshimcha vaqt.
  • Penaltilar seriyasi agar hisoblar teng boʻlsa.
  • Koʻpi bilan oʻn ikkita zahira tarkib.
  • Maksimal beshta almashtirish, qoʻshimcha vaqtda oltinchisiga ruxsat beriladi.[note 1]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Har bir jamoaga almashtirish uchun faqat uchta imkoniyat beriladi, toʻrtinchi imkoniyat qoʻshimcha vaqtda, tanaffusda, qoʻshimcha vaqt boshlanishidan oldin va qoʻshimcha vaqtda tanaffusda amalga oshirilgan almashtirishlar bundan mustasno.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „UEFA Euro 2024 match schedule“. UEFA.com. Union of European Football Associations. Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.
  2. „Germany to host UEFA EURO 2024“. UEFA (2018-yil 27-sentyabr).
  3. „Euro 2024: Germany beats Turkey to host tournament“. BBC Sport (2018-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 27-sentyabr.
  4. „Uefa EURO 2024 Final in the Olympiade stadion Berlin, Six Games in the Capital“ (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.
  5. „EURO 2024 host cities: Venue guide“ (en). uefa.com. UEFA (2022). Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  6. „Italy – France“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-avgust.
  7. Nine Host Cities announced. FIFA.com. 30 September 2008. Retrieved 1 October 2008.
  8. „Executive Committee decides hosts for 2015 finals“. UEFA.org. Union of European Football Associations (2013-yil 23-may). 2015-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  9. „UEFA 2022–24-yilgi futbol boʻyicha Yevropa chempionati reglamenti“. UEFA.com. Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (2022-yil 1-iyun). Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]