Kontent qismiga oʻtish

Robina Muqimyar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Robina Muqimyar
روبینا مقیم‌یار
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 3-iyul 1986-yil (1986-07-03) (37 yosh)
Kobul, Afgʻoniston
Boʻyi 1,7 m
Vazni 58 kg
Sport
Mamlakat Afgʻoniston
Qaysi sport Taekvondo

Robina Jaloli, Robina Muqimyar sifatida ham tanilgan (1986-yil 3-iyulda tugʻilgan) sobiq Olimpiya sportchisi, Afgʻoniston sharafini 2004 va 2008 -ilgi Olimpiya oʻyinlarida va 30 ta xalqaro musobaqalarda 100 metrga yugurish boʻyicha qabul qilgan[1]. U Muqimyar nomi ostida sport musobaqalarida qatnashgan va Afgʻoniston parlamentining quyi palatasi — Volesi Jirga deputatligiga oʻzining Jaloli familiyasidan foydalangan holda nomzodini qoʻygan[2].

Robina muslima ayolning anʼanaviy bosh kiyimi boʻlgan hijobda yugurgani uchun xalqaro eʼtiborni oʻziga qarata olgan[2]. U 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida dzyudochi Friba Razayi bilan birga qatnashgan Afgʻoniston sharafani Olimpiya oʻyinlarida himoya qilgan birinchi ikki ayol sportchiga aylanishgan.

Jaloli Afgʻonistonning Kobul shahrida tugʻilgan va toʻqqiz farzandning (yetti qiz va ikki oʻgʻil) biri boʻlgan. Uning otasi kompyuter sanoati bilan shugʻullangan tadbirkor boʻlib, hozirda afgʻon ayollariga tikuvchilikni oʻrgatuvchi notijorat kompaniyaga rahbarlik qiladi[2]. Jaloli Tolibon davrida qizlar uchun maktablarda oʻqish taqiqlangan paytda uyda taʼlim olgan. U 2001-yildan keyin maktabga qatnay boshlagan[2]. Tolibon davridagi hayotni tasvirlar ekan, Robina shunday deydi: „ Tolibon davrida biz qizlarning qiladigan ishimiz yoʻq edi. Siz maktabga borolmaysiz. Oʻynay olmaysiz, hech narsa qila olmaysiz. Hamma qizlar uyda oʻtirishi shart edi“[3].

2004-yilgi Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muqimyor ayollar oʻrtasida 100 metrga yugurish bahslarida ishtirok etgan[4]. U 14,14 soniya natija bilan somalilik Fartun Abukar Umardan 0,15 soniya oldinda boʻlib, sakkizinchi oʻrinni egallagan. Musobaqada yamaykalik Veronika Kempbell 11,17 soniya natija bilan gʻalaba qozongan[5]. Olimpiya oʻyinlari vaqtida Muqimyor 17 yoshda boʻlgan[6]. U koʻproq aerodinamik musobaqa kiyimida emas, balki „futbolka va uzun yashil trekli shim“da yugurgan[7].

2008-yilgi Olimpiada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muqimyor dastlab Pekinda 2008-yilgi Olimpiadada ishtirok etmasligi kerak edi[8], biroq ayol sprinter Mehboba Ahdyor iyun oyida Norvegiyadan siyosiy boshpana soʻrab oʻz mashgʻulot lagerini tark etganidan keyin[9] Afgʻoniston delegatsiyasiga Muqimyor chaqirilgan[10]. 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida u 100 metrga yugurish bahslarida ishtirok etgan. Birinchi davrada u 14.80 natija bilan sakkizinchi oʻrinni egallagan, bu natija 100 metrga yugurish bahslaridagi eng soʻnggi natija boʻlgan, Muqimiyorning natijasi ikkinchi davra bahslariga qoʻshilishi uchun yetarli boʻlmagan va u musobaqani tark etgan.

Siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muqimiyor 2010-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida ayollar va yoshlar uchun teng huquqli platformada mustaqil nomzod sifatida oʻz nomzodini qoʻygan[2][11]. Robina agar nomzodi gʻalaba erishib oʻrin qoʻlga kiritsa, Afgʻonistonda maktab atletikasini targʻib qilishini aytgan[11], lekin u parlamentga saylanmagan[12].

2019-yilda u parlament deputati etib saylangan. Uning vakolati 2021-yil 15-avgustda Afgʻoniston hukumati qulashi bilan toliblar hokimiyatni qoʻlga kiritgach, tugatilgan[13].

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. David Nakamura. „One of Afghanistan's rare female Olympians now running for parliament“. The Washington Post (2010-yil 11-sentyabr).
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 David Nakamura. „One of Afghanistan's rare female Olympians now running for parliament“. The Washington Post (2010-yil 11-sentyabr).
  3. „True Olympians“, The Guardian, 1 August 2004
  4. „Afghan womenʼs Olympic dream“, BBC, 22 June 2004
  5. „The first Afghan women to participate in Track & Field: Robina Muqimyar 7th out of 8 in 100 meter sprint“ (Wayback Machine saytida 2022-11-08 sanasida arxivlangan), National Olympic Committee of the Islamic Republic of Afghanistan
  6. „Afghan women making Olympic history“, USA Today, 17 August 2004
  7. „Afghan Woman Runs Toward Olympics Despite Jeers, Potential Danger“, Associated Press, 16 March 2008
  8. "Afghan Athletes Train for Beijing Olympic ", Afghan embassy to the United States, 29 April 2008
  9. „Olympics-Against all odds, Afghans try their luck in Beijing“, Reuters, 9 August 2008
  10. Fears ease after missing Afghan athlete found, Times of London, 10 July
  11. 11,0 11,1 „Topic Running for Women's Rights in Afghanistan“. The NATO Channel. 2010-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-sentyabr.
  12. „Jalali, Robina Muqimyar Mrs“. Who's Who in Afghanistan?. Qaraldi: 2011-yil 6-dekabr.
  13. „Robina Jalali Biography - Wloesi Jirga“. 2022-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-yanvar.