Kontent qismiga oʻtish

Muhammadali Ikramov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammadali Ikramov
WikiOromgoh-4 7065 15.jpg
Tavalludi 16-aprel 2004-yil
Vafoti 19-iyun 2024-yil(2024-06-19)
(20 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Kasbi oʻzbek internet faoli, oʻzbekcha Vikipediya maʼmuri
Faoliyat yillari 2022—2024

Muhammadali Toʻlqinjonovich Ikramov (2004-yil 16-aprel, Denov tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston2024-yil 19-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek internet faoli, oʻzbekcha Vikipediya maʼmuri. Oʻzbekcha Vikipediyada Salazarov nomi ostida faoliyat olib borgan. Deyarli 600 ta maqola va 5 mingdan ziyod sahifalarni yaratgan, mingdan ortiq maqolalarni, vikima’lumotlardagi 3 mingga yaqin maʼlumotlarni, umumiy hisobda, Vikimedia jamg‘armasi loyihalarida 26 mingdan oshiq tahrirlarni qilgan[1][2][3].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammadali Ikramov 2004-yil 16-aprelda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tavallud topgan[1]. Denov tumanidagi oʻrta maktabni tugatgach[4], 2021-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti filologiya va tillarni oʻqitish mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga kirgan[2][3][5].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 19-iyun kuni Muhammadali Ikramov baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan[2][6]. Shu kuni Ikramov ikki nafar kursdoshi bilan taxminan soat 12:10 larda Boʻrijar kanalining Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidan oqib oʻtuvchi qismiga choʻmilishga borgan[7]. Kanaldagi suv oqimining tezligi va sovuqligi tufayli Ikramov suzib chiqa olmay, oqib ketgan[8]. Shu kunning oʻzidayoq Toshkent shahridagi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruvchi g‘avvoslar guruhi tomonidan tezkor-qidiruv natijasida Chilonzor tumani, Beshyog‘och ko‘chasidagi „Toshkent Gidroelektrstansiyalari“, „Bo‘rijar“ 4-GES hududidan Ikramovning jasadi topilgan. Muhammadali Ikramov 2024-yil 21-iyunda oʻz tugʻilgan joyi Denov tumanida dafn qilingan[manba kerak].

Vikipediyadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammadali Ikramov 2022-yil 13-mayda inglizcha Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, qisqa vaqtda Vikipediyaga maqolalar joylashni oʻrgandi[1]. Soʻngra oʻzbekcha Vikipediyada sifatli maqolalar yaratishni boshlagan. Vikistipendiya marafonining birinchi mavsumida gʻoliblikni egallagan kuchli oʻnlikda boʻlgan. Vikipediyaning qonun-qoidalarini yaxshi bilgani hamda sifatli maqolalar yaratgani sababli o‘zbekcha Vikipediya foydalanuvchilari bergan ovozlar asosida 2023-yil 25-iyunda o‘zbekcha Vikipediya administratori huquqini oldi[1]. Vikipediyadagi qisqa faoliyati davomida „GIF qisqartmasi talaffuzi[1] va „Yoʻtal siropi mojarosi[9] mavzusida yaxshi maqolalar yaratdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Bo‘rijarga cho‘kib ketgan talaba o‘zbekcha Vikipediya admini ekani ma’lum qilindi“. kun.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Oʻzbekcha vikipediya maʼmuri halok boʻldi“. platina.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  3. 3,0 3,1 „O‘zbekcha vikipediya ma’muri Bo‘rijar kanalida cho‘kib, halok bo‘ldi“. xabardor.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  4. „Oʻzbekcha vikipediya maʼmuri halok boʻldi“. ogoh.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  5. „O‘zbek vikipediyasiga katta hissa qo’shgan 20 yoshli yigit halok bo’ldi“. anhor.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  6. „Jahon tillari universitetining talabasi choʻkib vafot etdi“. uz24.uz (2024-yil 19-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  7. „Toshkentda Bo‘rijar kanaliga cho‘milishga borgan talaba cho‘kib ketdi“. kun.uz (2024-yil 20-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  8. „Toshkentda talaba „Boʻrijar“ kanalida choʻkib, vafot etdi“. qalampir.uz (2024-yil 20-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  9. „Bo‘rijar kanalida oqib ketib vafot etgan talaba o‘zbekcha vikipediya ma’muri ekani ma’lum bo‘ldi“. aniq.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.