Juma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Juma - payshanba va shanba orasidagi hafta kuni.

Juma (arab. — jam boʻlish) — 1) Grigoriy kalendarida hafta tarkibiga kirgan kunlardan beshinchisining nomi; 2) musulmonlar taqvimida oltinchi kun nomi. Islom dinida "sayyid ul-ayyom" — kunlarning ulugʻi sifatida eʼzozlanadi. J. kuni peshin namozi oʻrniga J. namozi oʻqiladi. Imom-xatiblar namoz oldidan yarim soat chamasida mavʼiza (diniy vaʼz) oʻqiydilar. Soʻng ikki bor azon aytilib, katta jamoat bilan namoz ado etiladi. Musulmon mamlakatlarida J. kunini dam olish kuni deb belgilagan boʻlsalarda, asli bu kunda dam olish shart emas. Chunki Qurʼoni karimning "Jumʼa" surasida: "Juma namozini oʻqib boʻlganlaringizdan keyin (kasbhunar, savdo-sotiq ishlaringiz sari) tarqab ketingizlar va Allohning fazli (rizqi)ni soʻrangizlar" (Abdulaziz Mansur tarjimasi) deyilgan.[1]


Hafta kunlari
Dushanba | Seshanba | Chorshanba | Payshanba | Juma | Shanba | Yakshanba

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil