Kontent qismiga oʻtish

Flynas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Flynas
طيران ناس
IATA ICAO Identifikatori
XY KNE NAS EXPRESS
Tashkil topgan 2007-yil
Boshlangan amaliyotlari 2007-yil fevral
Baza aeroporti
Park hududi 47
Parvoz yoʻnalishlari 54
Egasi National Air Services
Bosh qarorgohi Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
Muhim shaxslar
  • Ayed Al Jeaid (NAS Holding Boshqaruv raisi)[1]
  • Bander Al-Mohanna (flaynas CEO)[2]
Sayti flynas.com

Flynas (arabcha: طيران ناس), flynas deb ham yoziladi, ilgari Nas Air, Saudiya Arabistonining lou-koster aviakompaniyasi boʻlib, birinchi budjet sinfidagi aviakompaniyasidir. Kompaniyaning bosh ofisi Ar-Riyodda joylashgan[3].

Nas Air va Sama Airlines budjet aviakompaniyalari hukumatdan litsenziyalarini olguniga qadar Saudi Arabian Airlines 2006-yilgacha mamlakatdagi yagona aviakompaniya edi. Nas Air 2007-yilda tashkil etilgan. Parvozlar oʻsha yilning fevral oyida boshlangan. 2007-yil oxirida Nas Air Airbus A320 oilasining 20 ta samolyotini sotib olish boʻyicha buyurtma berdi.

2013-yil noyabr oyida kompaniya oʻz nomini Nasairdan Flynasga oʻzgartirdi. 2017-yil yanvar oyida Flynas 80 ta Airbus A320neo oilasi samolyotlariga buyurtma berish boʻyicha shartnoma imzoladi[4]. 2018-yil noyabr oyida Flynas birinchi Airbus A320neo oilasidagi samolyotini qabul qildi[4]. Shartnomada samolyotlar 2018-yildan 2026-yilgacha yetkazib berilishi ko'zda tutilgan. 2023-yil iyun oyida Flynas 30 ta Airbus A320neoga buyurtma berdi, aviakompaniyaning Airbus bilan umumiy buyurtmalari sonini 120 ta A320neo samolyotiga, shu jumladan 10 ta A321XLRga yetkazdi[5].

Korporativ faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil oktyabr holatiga koʻra, Flynas aksiyalari nazorat paketi National Airline Services Holding (63%)da, qolgan ulush esa Kingdom Holdingga tegishli.

Parvoz manzillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil sentyabr oyi holatiga koʻra, Flynas 99 ta marshrut boʻyicha 54 ta yoʻnalishga xizmat koʻrsatadi. Aviakompaniya Dammom, Jidda va Ar-Riyod aeroportlaridan parvozlarni tashkillashtiradi.

Misrdagi Asyut va Sharm al-Shayx shaharlariga aviatashuvchining dastlabki parvozi 2009-yilda boshlangan, Sharm al-Shayxga dastlab mavsumiy asosda parvozlar amalga oshirilgan. 2011-yilda aviakompaniya Turkiyaning uchta shahri: Adana, Antokiya va Istanbulga parvozlarni boshladi. Shuningdek, oʻsha yili Lohur shahri Karachidan keyin aviakompaniya uchadigan Pokistonning ikkinchi shahriga aylandi. 2013-yil fevral oyida, Dammomdan Yanbuga parvozlar boshlandi. Shuningdek, oʻsha oyda aviakompaniya Dammomdan Xartumga parvoz qila boshladi, Sudan poytaxti aviakompaniyaning Saudiya shahri bilan bogʻlangan birinchi xalqaro yoʻnalishiga aylandi[6].

2014-yil fevral oyida, Flynas Global Flight Routes dasturini taqdim etdi. Dastur Jidda va Afrika, Osiyo va Yevropa yoʻnalishlari oʻrtasidagi reyslar uchun yoʻlovchilarga arzon narxlarni taklif qilishga hamda Saudiya Arabistoniga diniy sayyohlarni tashishga moʻljallangan. 2014-yil mart oyida, Flynas Portugaliyaning Hi Fly aviakompaniyasidan ijaraga olingan uchta Airbus A330 samolyotlarining birinchisini roʻyxatdan oʻtkazdi. Ushbu samolyotlar, jumladan, A330-200 va A330-300 modellari uzoq masofalardagi parvozlar uchun ishlatiladi. Aviakompaniya, shuningdek , Airbus A350 samolyotlarini oʻz parkiga qoʻshishni rejalashtirgan.

Flynas 2014-yil aprel oyida oʻzining birinchi uzoq masofali Yevropa yoʻnalishida Jidda – London Gatvik reysi orqali Saudiya Arabistoni – Buyuk Britaniya bozoriga xizmat koʻrsatuvchi birinchi lou-koster boʻldi. Jakarta, Kuala Lumpur, Kasablanka, Manchester va Islomobod yoʻnalishida uzoq masofali qatnovlar bilan bir qatorda Karachi va Lohurga oʻrta masofali parvozlar ham rejalashtirilgan edi. Eronga parvozlar ham xuddi shu vaqtda boshlanishi kerak edi[7]. 2014-yil 7-may kuni boshlangan Manchester yoʻnalishi Buyuk Britaniyadagi ikkinchi manzilga aylandi. Qohiraga reyslar 2014-yil iyun oyida boshlandi va bu aviakompaniya o'z xizmatlarini taklif qiladigan yettinchi manzil bo'ldi. London-Gatvik—Ar-Riyod marshruti ham xuddi shu yilning 27-iyulidan boshlab yoʻlga qoʻyildi. Bir oy oʻtgach, 2014-yil avgustdan boshlab hali yoʻlga qoʻyilganiga uch oy boʻlmagan Manchester yoʻnalishida parvozlar toʻxtatilishi haqida xabar berildi. Oʻsha oyda Hindiston bozoriga birinchi parvoz Haydarobodga amalga oshirilishi, 2014-yil sentyabr esa Kojikodega qatnovlar boshlanishi kutilgan edi. Rejalar jadvaliga, shuningdek, Fransiyaga, keyinchalik Xitoy, Filippin, Nigeriya va Janubiy Afrikaga aviaqatnovlar kiritilgan edi. Flynas ham 2015-yilda AQSh bozoriga kirishi kutilgan edi. Biroq 2014-yil avgust oyi boshida Manchester aviakompaniya parvoz yoʻnalishlari roʻyxatidan olib tashlandi va oʻsha yilning oktyabr oyida aviakompaniya yomon ishlashi tufayli uzoq va oʻrta masofadagi koʻplab parvozlarni bekor qilganini eʼlon qildi[8][9]. Shuningdek, 2014-yil oktyabr oyida Al-Qosim yoʻnalishi parvoz roʻyxatiga qoʻshildi.

2015-yil aprel holatiga koʻra, yoʻlovchilar soni boʻyicha Flynasning 3 ta eng gavjum mahalliy reyslari quyidagicha: Jidda (JED) – Ar-Riyod (RUH), Dammom (DMM) – RUH va JED – DMM. Aviakompaniya Haj mavsumida ham parvozlar tashkillashtiradi.

Codeshare shartnomalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flynas 2012-yilda Etihad Airways bilan kodshering shartnomasi imzolagan edi, bu aviakompaniyaga Abu-Dabidan Etihad tomonidan amalga oshiriladigan bir qator reyslarga oʻz kodini joylashtirish imkonini beradi. 2016-yil may oyida aviakompaniya Pegasus Airlines bilan kodshering shartnomasini imzoladi[10].

2020-yil fevral oyida Flynas Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasiga (XHTA) aʼzo boʻldi, bu aviashirkatga boshqa aʼzo aviakompaniyalar bilan „katta hamkorlik“da yordam beradi va kodshering kelishuvlari orqali ulanishni oshiradi[11].

Dubay xalqaro aeroportida Flynas Airbus A320-200 samolyoti
Flynas Airbus A320neo samolyoti Lvov xalqaro aeroportida suv arkasi bilan kutib olinmoqda

2023-yil sentyabr holatiga koʻra, Flynas aviaparki quyidagi samolyotlardan iborat[12]:

Flynas floti
Samolyot Miqori Buyurtmalar Yoʻlovchilar Eslatmalar
B E Jami
Airbus A320-200 9 8 162 170
Airbus A320neo 34 70 8 166 174
Airbus A321XLR 10 TBA
Airbus A330-300 4 TBA
Jami 47 80

Ilgari parvoz qilgan samolyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻz tarixi davomida tashuvchi quyidagi samolyotlardan foydalangan:

  1. „NAS HOLDING APPOINTS BANDER AL-MOHANNA AS CEO OF THE GROUP“. flynas (2015-yil 1-fevral). 2018-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „flynas Takes Delivery of its First Airbus A320neo Aircraft“. flynas (2018-yil 13-noyabr). 2018-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „flynas Headquarters“. Flynas. 2017-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  4. 4,0 4,1 „Saudi's flynas takes delivery of first A320neo“ (en). ArabianBusiness.com.
  5. „Flynas orders 30 Airbus A320neos“ (en).
  6. Flynas (2013-yil 25-fevral). „Nasair launches its first flights from Dammam to Yanbu and Khartoum, launched a new sales office in Jubail to serve Nasair customers in the region“. Press-reliz.
  7. Altuwaijri, Nada. „Saudi low-cost carrier plans expansion into Europe, Asia“. Al Arabiya News (2013-yil 18-dekabr).
  8. Flynas (2014-yil 15-oktyabr). „Official statement from flynas regarding Global Flight Program flight suspension“. Press-reliz.
  9. „flynas W14 Network Changes“. Airline Route (2014-yil 24-oktyabr). 2014-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  10. Pegasus Airlines (2016-yil 11-may). „Flynas and Pegasus code share details“. Press-reliz.
  11. „Saudi carrier Flynas joins IATA | Airlines.“. airlines.iata.org. Qaraldi: 2020-yil 25-fevral.
  12. „Flynas Fleet“. Flynas.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 „Nas Air Fleet Details and History“. 2017-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-noyabr.
  14. „Airbus Orders & Deliveries“. Airbus (2019-yil 31-avgust). 2019-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  15. 15,0 15,1 15,2 „Flynas fleet“. ch-aviation GmbH. 2014-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.