Kontent qismiga oʻtish

Haydarobod (shahar)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Haydarobod — Hindistondagi shahar, Dekan yassitogʻligining markaziy qismida, Musi va Usi daryolari qoʻshilgan yerda joylashgan. And-hra-Pradesh shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 3,04 mln. kishi (2001). Hindiston janubiy qismining muhim iqtisodiy, tarixiy va madaniy markazi. Toʻqimachilik, oziqovqat, kimyo-farmatsevtika, tamaki, qogʻoz, oyna-shisha sanoati korxonalari mavjud. Transport, energetika, elektrotexnika mashinasozligi rivojlangan. Aviatsiya jixrzlari, qurol-yarogʻlar ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan, qoʻlda uy-roʻzgʻor buyumlari, badiiy buyumlar tayyorlanadi, matolar toʻqiladi. Markaziy geofizika boshqarmasi, muzeylar (arxeologiya, Yevropa va Sharq sanʼati) bor.

Shaharga XVI asr oxirlarida asos solingan. 1924—56 yillarda Haydarobod rojaligining poytaxti, keyinchalik Haydarobod shtati, 1956-yildan AndhraPradesh shtatining maʼmuriy markazi. Meʼmoriy yodgorliklaridan Chor-Minor Zafar arki (1591), Makka Masjid (XVII asr), Golkonda qalʼasi qoldiqlari (XVI—XVII asrlar), Usmoniya universiteti majmuasi (XX asr) bor.