Kojikode
Jump to navigation
Jump to search
Kojikode, Kalikut - Hindistonning jan. qismidagi shahar, Kerala shtatida. Aholisi 450 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Arabiston dengizining Malabor sohilidagi port, tropik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilinadi. Taxta tilish va yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Oʻsimlik moyi, parfyumeriya, sellyuloza ishlab chiqariladi. Baliqovlanadi. 16— 17-asrlarda hunarmandchilik usulida mitkal (kaliko) toʻqish bilan mashhur boʻlgan (shahar nomi ham shundan). Ibn Mojid 1498 yilda Vasko da Gama boshchiligidagi kemalarni Hind okeani orqali K.ga olib oʻtgan. Oʻsha vaqtda shahar Hindistonning yirik savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri edi.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |