Dingilja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DingiljaQoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl sh.dan 15 km shim.-sharqda joylashgan turar joy harobasi (mil. av. 5—4-asrlar). D. deb nomlanishi ilk oʻrta asr davriga mansub qalʼa nomidan olingan. D.ni S. P. Tolstoye rahbarligidagi Xorazm arxeologiya va etnografiya ekspeditsiyasi ochgan (1955). Turar joy qalin devor bilan oʻralgan birbiriga tutash mayda uylar, hovli va xoʻjalik binolaridan iborat, mayd. 2600 m2. Bu yerda bir uruqqa mansub patriarxal oilalar istiqomat qilgan. 17 uy-joy va xoʻjalik binolari hamda bir necha ustaxona ochib tekshirilgan. Uylar toʻgʻri burchakli qilib qurilgan. Binokorlik sanʼatidagi xu-susiyatlar hozirgi Xorazm xalq meʼmorligi uslublariga yaqin. Us t axonalardan yoʻnuvchi oʻtkir tosh qurollar, qimmatbaho ziynat buyumlarini pardozlaydigan asboblar, ishlov berilmagan feruza, sadaf va billur, marjon (feruza va billurdan)lar hamda boshqa ashyolar topilgan. D.da temir oʻroq va yorgʻuchoq mavjudligi aholining dehqonchilik bilan keng shugʻullanganligini koʻrsatadi. Qazilmalar orasida jezdan yasalgan yey oʻqining uchlari va sopol idishlar (katta xumlar, lentasimon naqshli xumchalar, qizil rangli kosalar, silindr shaklidagi qadahlar, oyoqchali guldonlar) koʻp uchraydi. D. yodgorliklari usha joyda yashagan qabilalar hayotida yuz bergan ijtimoiy oʻzgarishlarni oʻzida aks ettiradi va qad. Xorazm madani-yatini oʻrganish uchun muhim manba hisoblanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil