Togʻ xrustali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Togʻ billuridan yoʻnaltirildi)

Togʻ xrustali, togʻ billuri - kvars (SiO2)ning deyarli aralashmalarsiz payettrali modifikatsiyasi; odatda, kimyoviy toza turi. Rangsiz, shaffof, baʼzan och tutun rang, sargish xili ham uchraydi. Trigonal singoniyada kristallanadi. Yirik, toza monokristallari kam, koʻproq metamorfik slanetslarning yoriq va boʻshliqlarida, turli tipdagi gidrotermal tomirlarning yoriqlarida, kamerali pegmatitlarda uchraydi. Togʻ xrustalining bir jinsli shaffof monokristallari optik asboblar hamda elektr va radiotexnikada pyezoelektrik mahsulotlar uchun qimmatbaho xom ashyo xisoblanadi. Togʻ xrustali badiiy tosh kesish sanʼati1 da, kvarsli oynalar va zargarli k buyumlari yasashda ham ishlatiladi.

Togʻ xrustalining yuqori sifatli xili sunʼiy yoʻl bilan olinadi. Togʻ xrustali konlari Rossiya (Ural, Oltoy), Ukraina, Xitoy, Braziliya, Shveysariyada mavjud. Oʻzbekistonda Togʻ xrustali, asosan, Maydontol togʻlarida topilgan.