Guldon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Guldon — I) gul solib qoʻyiladigan, uy va jamoat joylarida ishlatiladigan badiiy buyum. Sopol, shisha, yogʻoch, tosh, kumush, tilla kabilardan yasaladi. Jahonning koʻpgina mamlakatlarida, jumladan Oʻrta Osiyoda ham qadimdan mavjud. 6—12-asrlarda Quva. Dulbuk, Isfara sh.larida rangli shisha G.lar yasash rasm boʻlgan. 14—15-asrlarda xon saroylariga kumush va tilla G.lar qoʻyilgan. 18—19-asrlarda asosan naqshli sopol G.lar tayyorlangan. Hozir G.lar chinni va kulollik zavodlarida ishlab chiqarilmoqda (yana q. Vaza); 2) amaliy sanʼat (naqqoshlik, miskarlik, zargarlik, kashtachilik va b.)da G.ning badiiy qiyofasi turli shakllarda tasvirlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil