Buxoro adabiyoti tarixi muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro adabiyoti tarixi muzeyi
Buxoro adabiyoti tarixi muzeyi Koʻkaldosh madrasasi yodgorligining ichida joylashgan
Asos solingan sanasi 1985-yil
Manzili Buxoro shahar
Sayti https://www.bukharamuseums.uz

Buxoro adabiyoti tarixi muzeyi — Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibidagi muzey. Mazkur muzey Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibida 1985-yilda tashkil etilgan. Mazkur muzey Koʻkaldosh madrasasi hujralarida joylashgan.

Muzey tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxoro adabiyot tarixi muzeyi filialini tashkil etishning asosiy maqsad madrasada oʻqitilgan darsliklar va madrasa talabalari hayoti haqida namoyon etishdan iborat. Mazkur muzey filiali Koʻkaldosh madrasasi hujralarida viloyat tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish jamiyati prezidiumining 1985-yil 14-sentyabrdagi 3-sonli qarori 11-bandi asosida tashkil topgan. Buxoro adabiyot tarixi muzey koʻrgazmasini Koʻkaldosh madrasasida tashkil etishdan maqsad oʻz davrida ushbu madrasada, shoir Boborahim Mashrab, Maxtumqulilar ham tahsil olishgan. Tarixiy maʼlumotlarga qaraganda XIX asr oxiri va XX boshlarida Buxoroda 100 dan ortiq shoirlar ijod qilgan. Mazkur davrda bitilgan esdaliklar va tazkiralardan bular haqida talaygina maʼlumotlarga ega boʻlisimiz mumkin. Jumladan, Sadriddin Ayniyning „Esdalik“ lari, Sadr Ziyoning „Navodiri Ziyoiya“ asari, Ahmad Donishning „Navodiri vaqoe“ asari, Qori Rahmatulloh Buxoriyning „Taskirat ul-ashob“ kabi asarlari bilan tanishib, ular ijod qilgan davr haqida maʼlumot olish mumkin. Bu yerda Sadriddin Ayniy 1901-yildan 1917-yilgacha istiqomat qilgan. Madrasa talabalari hayoti ilk ilm taʼlim maskanlari madrasalar boʻlganligini inobatga olib, muzey ekspozitsiyasi tashkil etishga qaror qilingan. Ushbu muzey 5 ta Koʻkaldosh madrasasi hujrasida joylashgan[1].

Muzey tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey filial tuzilishi quyidagilardan iborat: XIX asr oxiri va XX asr boshlarida madrasa talabalari turmush tarzi, madrasalarda oʻqitilgan adabiyotlar xususida, Sadriddin Ayniy hayoti va ijodi, madrasalarning tashkil topishi haqida maʼlumot beruvchi annotatsiyalar, Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab ijod etgan buxorolik adiblar Ahmad Donish, Jalol Ikromiy, Abdulqodir Savdo, Shamsiddin Muhammad Shohin, Azmiddin Somiy, Hayrat, Mulla Qurbon Fitrat, Iso Mahdum Buxoriy, Vozehqori Rahmatulloh, Mirzo Hayit Sahbo, Abdurahmon Tamkin hayoti va ijodlariga bagʻishlangan[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ernazarov E. Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey-qoʻriqxonasi (ўзбек, рус ва инглиз тилларида). SM Print: Toshkent, 2004 — 223 bet. 
  2. Арсланова Ф, Алиев Р. Музеи древней Бухары (ўзбек, рус ва инглиз тилларида). Бухоро нашриёти: Бухоро, 2015 — 96 bet.