Jalol Ikromiy
Jalol Ikromiy | |
tojikcha: Ҷалол Икромӣ' | |
![]() | |
Tavallud sanasi: | 7-sentabr 1909-yil |
---|---|
Tavallud joyi: | Buxoro, Buxoro amirligi |
Vafot sanasi: | 11-aprel 1993-yil (83 yoshda) |
Vafot joyi: | Dushanbe, Tojikiston |
Kasb: | yozuvchi, dramaturg |
Faoliyat: | adabiyot |
Jalol Ikromiy (forscha: جلال اکرامی, tojikcha: Ҷалол Икромӣ; 1909, Buxoro - 1993.11.4, Dushanbe) — Tojikiston xalq yozuvchisi (1979), dramaturg. 20-yillarda Toshkent pedagogika institutida taʼlim olgan. Yozuvchi sifatida shakllanishida Abdulla Qodiriyning taʼsiri kuchli boʻlgan. Ilk asari "Registonda tun" (1927) hikoyasidir. "Dushman" (1933) dramasi, "Muhabbat urugʻi" (1937) komediyasi, "Oʻq ilon" (1934),"Men gunohkorman" (1957) qissalarida tojik xalqining hayoti lavhalari, urf-odatlari ifodalangan. "Shodi" (1—2-qismlar, 1949) romanida Tojikistondagi jamoalashtirish davri tasvirlangan. "Olov qizi" (1962) romani tojik ayollarining oʻtmishdagi hayotiga bagʻishlangan. Buxoro amirligining soʻnggi davri haqidagi "Buxoroning oʻn ikki darvozasi" (1969), "Joni sabil quzgʻunlar" (1979) romanlari muallifi.
Ijodida oʻzbek va tojik xalqlari orasidagi doʻstlik mavzusi alohida oʻrin tutadi. Koʻpchilik asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan. "Dushman", "Zuhro", "Ona qalbi" va boshqa pyesalari respublika teatrlarida sahnalashtirilgan[1].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Husaynzoda Sh., Jalol Ikromi, Dushanbe, 1959.
- Men gunohkorman, T., 1963;
- Olov qizi, T., 1964;
- Buxoroning oʻn ikki darvozasi, T., 1971.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Икрами Джалол в БСЭ;
- Икрами Джалол[sayt ishlamaydi] в Российском энциклопедическом словаре.
|