Abu Hafs Kabir Buxoriy yodgorlik majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Hafs Kabir Buxoriy maqbarasi
Muqobil nomlari Abu Hafs Kabir Buxoriy yodgorlik majmuasi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi majmua
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan 2009—2010-yillar
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Abu Hafs Kabir Buxoriy yodgorlik majmuasi — Buxoro shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik Majmua Abu Hafs Kabir Buxoriy maqbarasi, Hazrati Imom qabristoni va masjid, minora, hovuz va qorixonadan iborat. Maqbara va yodgorlik majmuasi 2009—2010-yillarda bunyod etilgan[1]. Maqbara Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Abu Hafs Kabir Buxoriy majmuasi 2009—2010-yillarda qayta qurilgan. IX asrda Abu Hafs Kabir Buxoriyga atab qurilgan maqbara sovet hokimiyati davrida buzib tashlanadi va majmuadagi hovuz koʻmib yuborilgan. XX asr boshlarida Hazrati Imom qabristoni shimoliy tomonida Abu Hafs Kabir xazirasi, va uchta tugʻ boʻlgan. Mazkur hazirada „Movarounnahrdagi ulamolar ustozi“ degan kitoba bitik mavjud boʻlgan. Meʼmoriy majmuada katta hovuz, minora, xonaqo va maqbara binolari boʻlgan[2]. Majmua masjidi XVI asrda qurilgan boʻlib, qibla devoridagi mehrobda Qur’on Karimning „Ixlos“ surasi koʻk fonda oq harflar bilan bitilgan[3]. Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida majmua Buxoro viloyati hokimi Samoyiddin Husenov tashabbusi bilan maqbara atrofida obodonlashtirilgan va yodgorlik barpo etilgan. Mazkur hududa fiqhshunos va kalom ilmi sohibi Abu Hafs Kabir Buxoriy va uning oʻgli Imom Abu hafs Sagʻir Buxoriyning sagʻanalari mavjud. Meʼmoriy majmuada gumbazli naqshlardan iborat devorlar bilan bezatilgan darvoza qurildi[4]. Majmuadagi maqbara ichkarisida bitiklar bilan bezatilgan toʻrtta qabrtosh mavjud. Mazkur kitobalarni xattot Abdulgʻafor Razzoqov, sangtaroshlar Mirjon Ahmedov va Davlat Safarov va Abdulhakim Razzoqovlar qayta tiklagan. Maqbara meʼmori esa Mahmud Ahmedov boʻlib, maqbaradagi qabrtoshlar Nurota marmaridan tayyorlangan[5]. Hazrati Imom mozoridan arxeologik ishlar chogʻida qabr toshlar topib oʻrganilgan. Mazkur qabrtoshlar VIII—X asrlarga oid boʻlib, nasx xatida yozilgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ражабов 2016, s. 196.
  2. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 70.
  3. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 83.
  4. Ражабов 2016, s. 197.
  5. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 75.
  6. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 76.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ражабов Қ, Иноятов С.. Бухоро тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2016 — 460 bet. ISBN 978-9943-24-119-0. 
  • Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Раззоқов А, Раҳимов К, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро. Тошкент: Uzbekistan Today, 2016 — 560 bet. ISBN 978-9943-4510-5-6.