Al-Azhar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Al-Azhar (al-Jomi al-Azharning qisqa nomi) — Qohiradagi jome masjid, universitet, oʻrta va oʻrta maxsus bilim yurtlarini oʻz ichiga olgan yirik rasmiy diniy muassasa. Masjid 970—972-yillari fotimiy xalifa al-Muizz amriga binoan Qohira shahri bilan barobar qurilgan. Uning tarkibidagi Madrasa (996) 11-asrdan boshlab Qur’on, hadis, fiqh, til hamda balogʻat fanlari oʻqitiladigan universitetga aylandi. 14—15-asrlarda unga yana bir necha yangi qurilgan madrasalar koʻshiddi. 18-asrda A. eng moʻtabar umum-musulmon fan va ta’lim maskani sifatida shuhrat qozondi. 19-asr boshida A. ulamolari Napoleon Bonapart istilosiga qarshi xalq harakatiga boshchilik qildilar. 19-asr oxiri — 20-asrboshida A. Abdu Muhammad boshliq islohot taraf-dorlari b-n konservatorlar oʻrtasidagi kurash maydoniga aylandi. 1961-yil "al-Azharni rivojlantirish haqida" qonun qabul qilingach, vazirlik maqomi be-rilgan. A. diniy muassasasiga rahbar — Shayxul Azharni Misr Prezidenti tayinlaydigan boʻldi. Ushbu konunga koʻra A. untida qator dunyoviy f-tlar, jumladan, idora ishlari va savdo, po-litexnika, q.x., tibbiyot, ped. va xotin-qizlar f-tlari ochildi. A. huzurida 50 yirik ulamodan tashkil topgan (shular-dan 30 nafari misrlik va 20 nafari xorijiy ulamolar) islom tadqiqotlari Akademiyasi faoliyat koʻrsatmoqda. A. kutubxonasida 20 mingdan ziyod qoʻlyozmalar jamgʻarmasi mavjud. "Majallat al-Azhar" jurnalini nashr etadi. A. universitetining f-tlariga shu muassasa tarkibiga kiruvchi boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus bilim yurtlarini muvaffaqiyatli tugatgan tolibi ilmlar qabul qilinadi. Oʻrta ta’lim yurti (maohid i’dodiya)da oʻqish muddati — 4-yil, maxsus ta’lim (maohid sonaviya)da esa — 5-yil A. universitetining turli bosqichlarida 108,5 mingdan ortiqtalaba tahsil oladi. Taniqli ulamolar Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon va Shamsiddinxon Boboxonovlar, Abdugʻani Abdullayev, Yusufxon Shokirov, qoraqalpogʻistonlik diniy arbob Rahmatulla Idrisov, arabshunos olim Shoikrom Shoislomov va b. A.da tahsil koʻrganlar[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil