Abdulloh ibn Husayn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Abdulloh Ibn Husayn (1882, Makka – 1951.20.7, Quddus) – Transiordaniya amiri (1921–46) va qiroli (1946–50), Iordaniya qiroli (1950-yildan). 1916–18 yillardagi Hijoz qoʻzgʻolonida qatnashgan. 1921-yil ingliz mandatli boshqaruvdagi Transiordaniya muxtor amirligi amiri deb eʼti-rof etilgan. Davlatni idora etish organlari, shuningdek, arab legionini tuzgan. 1946–48 yillarda Falastinning arab qismiga daʼvogarlik qilgan. Iordaniyani 1948–49 yillardagi arab-isroil urushiga jalb qilgan (qarang Arab-Isroil urushi), Iordan daryosining gʻarbiy sohilini zoʻrlik bilan qoʻshib olgan. 1951-yil 20-iyulda Transjordaniya tomonidan anneksiya qilingan Sharqiy Quddusdagi Al -Aqso masjidi ostonasida Falastin terror tashkiloti aʼzosi tomonidan otib oʻldirilgan.