Muhammadali Oʻrinboyev
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Muhammadali Baxtiyorovich Oʻrinboyev | ||
| Tavallud sanasi | 2005-yil 24-aprel | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.70 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Vinger, Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Royal Antwerp | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| —2021 | Paxtakor | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2021—2025 | Paxtakor | 28 | (4) |
| 2024 | → Brentford B | 0 | (0) |
| 2025— | Royal Antwerp | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2022 | Oʻzbekiston U18 | 6 | (1) |
| 2024—2025 | Oʻzbekiston U20 | 19 | (7) |
| 2025— | Oʻzbekiston U23 | 2 | (0) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 6-iyul uchun) | |||
Muhammadali Oʻrinboyev (ruscha: Муҳаммадали Ўринбоев; 24-aprel 2005-yil, Toshkent) – Oʻzbekistonlik futbolchi, qanot yarim himoyachisi va qanot hujumchisi pozitsiyalarida oʻynaydi. Belgiyaning „Royal Antwerp“ jamoasi futbolchsi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammadali „Paxtakor“ jamoasi akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2021-yil asosiy jamoaga jalb etilgan va 25-oktyabr Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga qarshi debyut oʻyinini oʻtkaqazgan[1][2]. Debyut qilgan oʻyinida 16 yosh 183 kunlik edi va mavsumda Superligada maydongga tushgan eng futbolchisga aylandi[1][3][4]. Debyut mavsumining oxirida futbolchi va klub chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2022-yilning iyul oyida futbolchi Toshkent klubining asosiy jamoasiga oʻtdi. Futbolchi klub safidagi debyut golini 2022-yil 23-avgust kuni Oʻzbekiston Kubogi doirasidagi „Shoʻrtan“ klubiga qarshi oʻyinda urgan edi[5]. 2023-yilning sentyabr oyida futbolchi klub bilan OChL oʻyinlariga bordi. Futbolchi turnirdagi ilk uchrashuvini 2023-yil 24-oktabr kuni Turkmanistonning „Ahal“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi[6]. Mavsum yakunida futbolchi Oʻzbekiston Superligasining uch karra chempioni ham boʻldi.
Muhammadali 2024-yil 31-yanvarkuni „Paxtakor“ jamoasi tominidan Angliyaning „Brentford“ jamoasiga yarim mavsumga ijaraga berilgani maʼlum qilindi[7][8][9]. Bu transfer orqalik Oʻzbekistonlik futbolchilar ichida birinchi bor, Oʻzbekistondan toʻgʻridan toʻgri Angliya jamoasiga oʻtish boʻldi[10][11].
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilning noyabr oyida futbolchi Oʻzbekiston U18 terma jamoasiga chaqiruv olgandi. Futbolchi terma jamoadagi debyutini 2022-yilning 26-noyabr kuni Turkiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga sardorlik bogʻichini olib tushgan edi. Futbolchi terma jamoadagi debyut golini 2023-yil 8-sentabr kuni Rossiya yoshlar terma jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan edi.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2021, 2022, 2023
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2022
Shaxsiy hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammadalining akasi ham futbolchi boʻlib, Metallurg va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining hujumchisi Zabihillo Oʻrinboyevdir[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 „Muhammadali Oʻrinboev - Superliga joriy mavsumida maydonga tushgan eng yosh futbolchi“ (2021-yil 25-oktyabr).
- ↑ „Sogdiana vs. Pakhtakor“ (en). soccerway.com (2021-yil 24-oktyabr).
- 1 2 „Baxtiyor SHirinov kanali: Salomov mutlaq rekordchi, Zabihilloning ukasi bu yil eng yoshi“ (2021-yil 28-oktyabr).
- ↑ „Muhammadali O‘rinboyev Superliga-2021da maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi“ (2021-yil 25-oktyabr).
- ↑ „Pakhtakor vs. Shortan“ (en). soccerway.com (2022-yil 23-avgust).
- ↑ „Pakhtakor vs. Ahal“ (en). soccerway.com (2023-yil 24-oktyabr).
- ↑ „Oʻzbek futboli tarixida ilk bor APLga futbolchi transfer qilindi“ (2024-yil 31-yanvar).
- ↑ „Расман: "Брентфорд" Муҳаммадали Ўринбоев трансферини эълон қилди“ (2024-yil 1-fevral).
- ↑ „Mukhammadali Urinboev has joined Brentford B on a six-month loan, subject to international clearance.“ (2024-yil 1-fevral).
- ↑ „“Paxtakor” futbolchisi Angliyaning “Brentford” klubiga ijaraga berildi“ (2024-yil 31-yanvar).
- ↑ „Узбекский вингер Уринбоев перешёл в «Брентфорд»“ (ru). championat.com (2024-yil 31-yanvar).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muhammadali Oʻrinboyev (Wayback Machine saytida 2024-02-01 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida
- Muhammadali Oʻrinboyev Transfermarkt saytida
- Muhammadali Oʻrinboyev Soccerway saytida
- 24-aprelda tugʻilganlar
- 2005-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Toshkentlik kishilar
- Toshkentlik futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Brentford F.C. futbolchilari
- Royal Antwerp F.C. futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar